Hindistonning Kuruli qişloği politsiya xodimi yovvoyi qoplon qurboniga aylanmaslik uçun tomdan sakraşiga töğri keldi. India Express şu haqida xabar berdi. 

Politsiyaçi Bijay Kuntiya qişloqqa kirib qolgan va molxonaga yaşirinib olgan yirtqiçni qölga olişda yordam berayotgan edi. Biroq kutilmaganda jonivor tomga çiqib oldi va huquq himoyaçisiga hujum qilişga urindi. Qoplon politsiyaçini tirnaşga ulgurib, uning ketidan yugurdi.

Mazkur voqea natijasida politsiya xodimi jarohat olib, şifoxonaga joylaştirildi. Undan taşqari yana ikki kişi jabrlandi, ulardan biri - 16 yoşli ösmir bölgan.

Qoplonni 12 soat deganda qölga olişga muvaffaq bölindi. Hozirda uni hayvonot boğiga köçiriş rejalaştirilmoqda.