Sönggi vaqtlarda Özbekistonning barça jabhasida islohotlar ötkazilmoqda. Bular ijtimoiy-siyosiy, jamiyat boşqaruvi, moliya-iqtisod, madaniy-gumanitar sohalarning barçasini birdek qamrab olmoqda. Şu örinda, inson turmuşida hayotiy muhim rol öynaydigan pul muomalasi bilan boğliq muammolar ham hukumat e'tiboridan çetda qolgani yöq.
Prezident Şavkat Mirziyoyevning “Iş haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni tölaş mexanizmini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi, şuningdek, “Pul muomalasini yanada takomillaştiriş va bank plastik kartoçkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorlari fikrimiz isbotidir.
Unga muvofiq, 2017 yilning 1 martidan boşlab çakana savdo va aholiga pullik xizmatlar körsatiş sohasidagi tadbirkorlik sub'yektlari, şu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar aholidan tölovlar plastik kartoçkalar yordamida qabul qilinişini ta'minlaydigan, örnatiş majburiy bölgan hisob-kitob terminallarini örnatmagan taqdirda öz faoliyatlarini amalga oşiriş huquqiga ega bölmasligi belgilangan edi. Biroq, 1 martdan keyin ham oradan deyarli 2 oy ötganiga qaramay, bu qaror ijrosi töla bajarilgan, deya olmaymiz.
Garçi, Markaziy bank rais örinbosari Şoxruh Şoahmedov Toşkentning “Media Xoll” majlislar zalida Harakatlar strategiyasining birinçi çorak natijalariga bağişlangan anjumanda “1 martdan hamma joyda terminal işlayotgani"ni quvonç bilan qayd etgan bölsa-da, aslida unday emasligini barça juda yaxşi anglaydi. Balki, Şoahmedovning “Örikzor”, “Abu-Saxiy”, “Çilonzor” buyum bozorlaridagi haqiqiy ahvoldan xabari yöqdir. Mayli bu masala, boşqa maqola mavzusi.

Kun.uz tahririyati plastik kartoçkalarga xizmat körsatiş darajasi, sifatini baholaş maqsadida jurnalistik suriştiruvini ötkazişga qaror qildi. Şu maqsadda, Toşkent şahrining turli nuqtalarida aholiga xizmat körsatib kelayotgan “Ipoteka”, “Ipak yöli”, “Davr”, “Xalq banki” va “Özsanoatqurilişbank” ATBlarining şoxobçalariga murojaat qildi.
Maqsad bank plastik kartoçkasidan (bankomatlardan emas, bank kassasi orqali) naqd pul yeçib oliş masalasiga oydinlik kiritiş edi.
Tekşiruv jarayonida şu narsa aniq böldiki, hamon birorta bankdan özingiz mustaqil ravişda kassaga uçraşib (axir, bankomatlar yöq-da), öz bank plastik kartoçkangizni şaxsingizni tasdiqlovçi hujjat bilan taqdim qilgan holda ham naqd pul ololmaysiz.

















