Turmuş örtoğining vafotidan söng rözğor tebratiş-u oila taşvişi Sanobarning bir öziga qoldi. Şunday bölsa-da, halol mehnat evaziga boriga qanoat qilib yaşasa, qora qozoni qaynab tursa, tani-joni soğ bölsa, şuning özi yetarli emasmi?! Bölardi... Ammo... U muqaddam jinoyat işlari böyiça Buxoro viloyat sudining hukmiga köra 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Biroq, u bundan töğri xulosa çiqarmay, yana eski odatini boşlab yubordi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Keyingi paytlarda uning mazasi bölmay yurgan edi. Nima qilarini bilmay, poççasi Sultonmurodning yoniga davolanişi uçun pul sörab bordi.
Şuhrat esa asli urgutlik. Bir kuni unga samarqandlik tanişi Abdumalik qönğiroq qilib qoldi. Salom-alik qilişgaç, Abdumalik maqsadga köçdi.
- Ozgina dori kerak bölayapti. Agar iloji bölsa topib bersangiz, puli naqd, - dedi.
- Suriştirib köray-çi, keyin qönğiroqlaşarmiz, - dedi Şuhrat tanişining iltimosini yerda qoldirmasdan.
Şu sabab bölib, Şuhrat toğasining kuyovi Tölqinga telefon qildi va bu haqda aytgan edi, Tölqin topib, javobini aytişni va'da qildi.
“Dori”ni izlaşga tuşgan Tölqin qarindoşi Ma'rufdan bu haqda iltimos qildi. Ma'ruf öşa kunning özidayoq 24 gramm “opiy” giyohvandlik moddasini olib kelib, Tölqinning uyiga taşlab ketdi. Tölqin bu haqda Şuhratga xabar qildi. Ertasi kuni Şuhrat kelib, “dori”ni oldi-da, Abdumalikka olib borib berdi.
Oradan bir neça kun ötib, Abdumalik Şuhratdan yana “dori” topib berişini söradi va unga pulini berib ketdi. Öz örnida Şuhrat yana öşa iltimos bilan Tölqinga murojaat qildi. Tölqin esa öziga avvaldan taniş bölgan Ramizga aytdi. Moddiy manfaatni közlagan Ramiz ham iltimos yerda qoldirmadi. U yangasi Başoratning oldiga borib, bir tanişiga 400 gramm “opiy” giyohvandlik moddasi kerak bölayotganini, puli naqdligini aytdi. Başorat bunaqa savdoning ustasi farang bölib ketganligi uçun, yöq demadi. Ramizning oldida tanişi Sultonmurodga qönğiroq qilib, “dori” kerakligini aytdi. Suhbat asnosida ular narxini ham kelişib olişdi va uçraşuv joyini belgilaşdi.
Sanobar poççasidan davolanişi uçun 300 ming söm qarz sörab borgandi. Sultonmurod bu vaziyatdan oqilona foydalanib qolişni öyladi. Şu sababli qaynisinglisiga şartini aytdi.
- Bitta xizmat bor. Rozi bölsang, evaziga 50 AQŞ dollari beraman.
- Qanaqa xizmat, qölimdan kelarmikan?
















