Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 26 aprel kuni mamlakatimizga amaliy taşrif bilan kelgan AQŞ Qurolli Kuçlari Markaziy qömondonligi qömondoni, general Jozef Leonard Votelni qabul qildi.
Suhbat çoğida ikki tomonlama özaro manfaatli va serqirra hamkorlik, jumladan, harbiy va harbiy-texnik sohalardagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlaş masalalari yuzasidan fikr almaşildi. Afğonistonda yuzaga kelayotgan vaziyat va uşbu mamlakatda tinçlikka erişiş istiqbollariga alohida e'tibor qaratildi.
Jozef Votel Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga qabul uçun samimiy minnatdorlik bildirdi, AQŞ Özbekiston – Amerika munosabatlarini izçil rivojlantiriş va mustahkamlaşni davom ettirişga tayyor ekanini qayd etdi.














