AQŞ Qurolli Kuçlari Markaziy qömondonligi qömondoni general Jozef Votel 21 fevral kuni poytaxtdagi «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasida Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Boş ştab boşliqlarining navbatdagi anjumani yakunlari böyiça bayonot berdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Boş ştab boşliqlarining navbatdagi anjumanini ötkazişdagi kömagi uçun Özbekiston Prezident Şavkat Mirziyoyev va Özbekiston Mudofaa vazirligiga öz minnatdorçiligimni bildiraman. AQŞ Qurolli Kuçlari Markaziy qömondonligi anjuman doirasida hamkorlik qilayotgan Özbekiston Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta'minlaş va barqarorlikka erişişda muhim rol öynaydi.
Şuningdek, mintaqada barqarorlikni saqlaş uçun tahdidlarga qarşi kuraş hamda mintaqaviy xavfsizlik masalalarida hamkorlik qilişga tayyor barça anjuman iştirokçilaridan minnatdorman.
AQŞ mazkur mintaqada konstruktiv yöllar orqali şeriklari suvereniteti va barqarorlikni ta'minlaş uçun hamkorlikni rivojlantiriş va mustahkamlaşdan qaytmaydi», — deydi AQŞ qömondoni.
Jozef Votelning ta'kidlaşiça, Mirziyoyev şaxsan anjuman işiga qiziqiş bildirgan va mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlaş yölida hamkorlik qiliş böyiça öz mulohazalarini bildirgan.
AQŞ Qurolli Kuçlari Markaziy qömondonligi qömondoni generali, şuningdek, lavozimiga yangi tayinlangan Özbekiston Mudofaa vaziriga ham omad tilab, anjumanni ötkazişga kömak bergan mehmondöst özbek xalqiga minnatdorçilik bildirdi.













