Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 20 fevral kuni Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari boş ştablari boşliqlarining konferensiyasida iştirok etiş uçun mamlakatimizga kelgan AQŞ Qurolli Kuçlari Markaziy qömondonligi qömondoni general Jozef Votelni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, ötgan yili may oyida AQŞga rasmiy taşrif davomida bölib ötgan oliy darajadagi samarali muzokaralar mamlakatlarimiz örtasidagi keng kölamli strategik şeriklikda yangi davrni boşlab berganini qayd etdi.

Bugungi kunda köp qirrali Özbekiston – AQŞ munosabatlari izçil mustahkamlanib bormoqda, innovatsiyalar, sanoat, qişloq xöjaligi, farmatsevtika va boşqa tarmoqlarda qöşma dastur va loyihalar amalga oşirilmoqda. 2018 yilda özaro savdo hajmi ikki barobar köpaydi. 

Prezidentimiz AQŞ Qurolli Kuçlari Markaziy qömondonligi tomonidan taşkil etilayotgan Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Qurolli kuçlari ştablari boşliqlarining konferensiyasi ilk bor mamlakatimiz poytaxtida ötkazilayotgani hamda bugungi davrning eng ötkir muammolaridan biri – Afğonistondagi qurolli mojaroni muhokama qiliş va uni hal etişga yondaşuvlarni birgalikda işlab çiqiş uçun maydon ekanini ta'kidladi.

Uçraşuvda Özbekiston bilan AQŞ örtasidagi harbiy va harbiy-texnik hamkorlik hamda xavfsizlik sohasidagi şeriklik masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Jozef Votel davlatimiz rahbariga samimiy qabul va konferensiyani Toşkentda ötkaziş imkoniyati uçun minnatdorlik bildirdi.

AQŞ Qurolli Kuçlari Markaziy qömondonligi qömondoni uşbu tadbir yakunida tomonlar mintaqada tinçlik va farovonlikni ta'minlaş yölida konstruktiv şeriklikni rivojlantiriş va mustahkamlaşga qaratilgan strategiyani işlab çiqişlariga işonç bildirdi.