"Özbekiston havo yöllari" milliy aviakompaniyasi öz tarixida birinçi marta Boeing 787 Dreamliner samolyotida Toşkentdan Nyu-Yorkka töğri, qönişsiz parvozni amalga oşiradi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmatida ma'lum qilindi.

18 may kuni "Orzu layneri"ning Toşkent-Riga-Nyu-York-Toşkent yönalişi böyiça ilk reysi amalga oşirilişi rejalaştirilgan. 

"Drimlayner"da Toşkentdan Nyu-Yorkkaça parvoz vaqti 12 soatni, Nyu-Yorkdan Toşkentgaça esa 11 soatni taşkil qiladi. Şu bilan birga aviakompaniya AQŞga Riga orqali reyslarini bir haftada bir marta amalga oşirişni davom ettiraveradi. 

Ta'kidlanişiça, Boeing 787 Dreamliner’ning Toşkent-Riga-Nyu-York-Toşkent yönalişida qöllanişi yölovçilarga Rigaga avvalgidan 20-30 daqiqa, Nyu-Yorkka esa 1 soat vaqtliroq yetib olişlariga imkon beradi.

Çiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytida bronlaş va xarid qiliş mumkin.