26 aprel kuni Toşkent şahridagi “Radission Blu” mehmonxonasida “YANGI INTELLEKT-2017” tanlovining ğoliblarini taqdirlaş marosimi ötkazildi.
Tanlovni ötkaziş uçun Intellektual mulk agentligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Savdo-sanoat palatasi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Fan va texnologiyalar Agentligi (Fan va texnologiyalarni rivojlantirişni muvofiqlaştiriş qömitasi) mutaxassislaridan iborat Tanlov taşkiliy qömitasi tuzildi.
Tanlovda “Eng yaxşi ixtiro”, “Eng yaxşi foydali model”, “Eng yaxşi sanoat namunasi”, “Eng yaxşi EHM uçun yaratilgan dastur va ma'lumotlar bazasi” nominatsiyalari böyiça sovrinli Tanlovda 1-3 örinlarni egallagan ğoliblar diplom, pul mukofotlari hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlanişdi.
Quyida uşbu tanlov ğoliblari va ular tomonidan yaratilgan ixtirolar keltirilgan.
2017 yilning “Eng yaxşi ixtiro” nominatsiyasi böyiça
1-örin. Azimov Rahmat Karimoviç, Şipulin Yuriy Gennadeviç va boşqalar.
Iş joyi: Toşkent Davlat Texnik universiteti
Ixtiro ölçaş texnikasi sohasiga taalluqli bölib, suyuqlik yoki gazlarlarning tezligi, sarfi, harorati, yönalişi va oqimning mavjudligi kabi parametrlarini yuqori sezgirlik va işonçlilik bilan ölçaş imkonini beradi.
Uşbu ixtiro asosida yaratilgan avtomatik köpfunksional titrometr “Suvsoz” davlat unitar korxonasida işlab çiqarişga joriy qilingan. Yangi qurilmani joriy qiliş içimlik suvining kimyoviy tarkibini ölçaş aniqligini oşiriş, oqava suvlar tahlili vaqtini qisqartiriş, elektr energiyani tejaş hisobiga yiliga 470 mln. sömni taşkil qiladi.
Hozirgi kunda aholini toza içimlik suvi bilan ta'minlaş, oqava suvlar tarkibini tahlil qiliş masalalari dolzarb bölib turgan paytda yangi ixtironi qöllaş uşbu sohada olib borilayotgan işlarni yanada jadallaştiriş imkonini beradi.
Mavzuga oid
2-örin - Aminov Sobirjon Niğmatoviç, Şaripov Avez Tulemetoviç va boşqalar
Iş joyi: Toşkent farmatsevtika instituti
Uşbu ixtiro farmatsevtika sohasiga tegişli bölib, geparin, kardiomagnil, aspirin-kardio kabi import preparatlarining örnini bosuvçi antikoagulyant, antiagregant, antirombotik dori vositalari yaratişga yönaltirilgan. Mahsulot mahalliy xomaşyolar asosida işlab çiqariladi.
Ixtiro patentida olingan dori preparatini klinik oldi va uç bosqiçli klinik sinovlardan muvaffaqiyatli ötgan. Preparatning texnologik reglamentlari tasdiqlanib, işlab çiqariş uçun ÖzR Soğliqni saqlaş vazirligi röyxatidan ötgan va Davlat reyestriga kiritilgan.
Bu turkumdagi preparatlardan “Alltrombosepin”ning texnologiyasi “Remedy Group” Özbekiston-Buyuk Britaniya qöşma korxonasida özlaştirilgan, hozirda seriyali işlab çiqariş amalga oşirilmoqda. Iqtisodiy samaradorlik bir tonna substansiyaga nisbatan olinganda 320 mln. sömni taşkil etadi.
Davlat rahbari tomonidan dori vositalarini yaratiş va işlab çiqarişni Özbekiston hududida amalga oşirişga alohida e'tibor berilayotganini inobatga olgan holda, uşbu ixtiro mavzusi dolzarb masalaga qaratilganini ta'kidlab ötiş lozim böladi.
3-örin. Ryasnyanskiy Igor Viktoroviç, Mirzayev Baxtiyor Şarofoviç va boşqalar
Iş joyi: Özbekiston veterenariya ilmiy-tadqiqot instituti
Uşbu ixtiro veterinariyada qöy va eçkilarda kolibakterioz, salmonellez va pasterellyozni profilaktika kilişda (oldini olişda) foydalaniladi.
Qözilarni bir marta radiobiologik vaksina bilan immunizatsiya qiliş barqaror immunitetni hosil qiladi va bir yil davomida emlangan hayvonlarni 100 foiz kasallanişdan saqlaydi.
Yangi vaksina qöllaş orqali mayda şoxli qoramollar xavfli kasalliklardan himoya qilinadi va ularning soni köpayişi va yanada son ortişiga sabab böladi. “Eng yaxşi foydali model” nominatsiyasi böyiça
1-örin. Avezova Nilufar Rabbanaqulovna, Bugakov Aleksandr Gennadeviç va boşqalar
Iş joyi: Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A. Azimov nomidagi «Fizika-quyoş» ilmiy işlab çiqariş birlaşmasi S.V. Starodubtsev nomidagi Fizika-texnika instituti
Uşbu foydali model geliotexnika, issiq suv ta'minoti va isitiş sohasida foydalaniş uçun möljallangan. Quyoş issiqligi ta'minoti tizimi issiqlikni akkumulyatsiya qiliş va sarflaş jarayonlari samaradorligini oşirişni ta'minlaydi.
Foydali model “Toşelektromaş” korxonasida sinovdan ötkazilganda, bir yil davomida tabiiy gazni tejaş miqdori 3240 kubometrni taşkil etdi. Demak uni gaz ta'minoti qiyin bölgan hududlarda ham işlatiş mumkin.
2-örin. Rahimov Farxod Xuşbaqoviç, Rözimetova Gulnoza Abduxalilovna
Iş joyi: Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti
Deyarli hamma u yoki bu masalada şifokorga murojaat qiladi. Köpçilik fizioterapiya muolajalarini olganmiz. Taklif etilgan foydali model aynan ana şu fizioterapiya muolajalarida foydalanişga möljallangan. Gidrofil elektrod osti qoplamasi yangiça töqima mato bölib, uni tayyorlaşdagi mehnat sarfini kamaytiriş imkonini beradi, yaxşilangan ekspluatatsiya xususiyatlariga ega, allergiya reaksiyalar takrorlanişi va nojöya ta'sirlar namoyon bölişini kamaytiradi.
3-örin. Maksudov Erkin Töxtayeviç, Aminov Xamza Xusanoviç, Sulaymonov Rustam Şennikoviç.
“Eng yaxşi sanoat namunasi” nominatsiyasi
1-örin – Hakimova Dilorom Alişerovna
Iş joyi: Avtomobil yöllari ilmiy-tadqiqot instituti
Uşbu sanoat namunasi "Özavtoyöl" işçilari uçun maxsus kiyim bölib, yöllardagi quriliş-pudrat işlariga möljallangan, zarğaldoq va kök yorqin ranglar uyğunligida bajarilgan, kostyumning yuqori va pastki qismlarida yoruğlikni qaytaruvçi çiziqlari mavjud. Bugungi kunda “Özavtoyöl maxsus kiyim-keçak” korxonasi tomonidan işlab çiqarilmoqda va “Özavtoyöl” aksiyadorlik kompaniyasi tizimida joriy etilgan.
Maxsus kiyim gigiyenik va havo ötkaziş xususiyatiga ega, yengil, çiroyli, qulay, hamda avtomobil yöllarida xodim xavfsizligini ham ta'minlaydi.
2-örin. – Tursunov Muhammad Nişonoviç, Sobirov Habibulla va boşqalar
Iş joyi: Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A.Azimov nomidagi «Fizika-quyoş» ilmiy işlab çiqariş birlaşmasi S.V. Starodubtsev nomidagi Fizika-texnika instituti
Majburiy sovutiladigan fotoelektrik qurilma quyoş energiyasini elektr energiyaga aylantiriş uçun möljallangan. U korpus va tayanç ustundan iborat bölib, korpus gorizontal yönalişga çözilgan törtburçak rama şaklida yasalgan. Ma'lumki, issiq iqlim şaroitida quyoş elementlari qizib ketib, öz samaradorligini yöqotişi mumkin. Taklif qilingan konstruksiyada uşbu muammo sovutuvçi ventilyatorlar hisobiga hal etilgan. Sanoat namunasi 50 nusxada tayyorlangan va içki bozorda sotilgan. Hozirgi kunda Özbekistonning qator viloyatlarida samarali işlamoqda. Qurilmalarning realizatsiya qilingan umumiy qiymati 300 mln.sömdan ortiqni taşkil etadi.
3-örin. Melkumov Aleksandr Nikolayeviç, Ivanov Yevgeniy Valereviç, Ismoilov Rustam Sergeyeviç.
Iş joyi: “Sovplastital” aksiyadorlik jamiyati
Uşbu sanoat namunasi öziga xos dizaynerlik yeçimiga ega bölib, şaffof polimer asosda bajarilgan. Quti turli sovğalar uçun işlatiladi. Hozirgi kunda “Viva Mariya” qandolat firmasi bilan hamkorlikda konfetlarni qadoqlaş maqsadida foydalanilmoqda. Dekorativ bezaklari özbek ustalarining an'analari böyiça bajarilgan bölib, butun yuzasi böylab bir tekisda takroriy naqşlar joylaştirilgan. Bunday ajoyib qutining sanoat namunasi sifatida huquqiy muhofazaga olinişi uning qiymatini yanada oşiradi.
“Eng yaxşi EHM uçun yaratilgan dastur va ma'lumotlar bazasi” nominatsiyasi
Uşbu dastur tekşiruvdan ötayotgan bemor haqida ma'lumotlarni töplaş, tahlil qiliş va bemor kartasini rasmiylaştiriş funksional imkoniyatlariga ega. Dastur olingan körsatkiçlar yordamida kerakli muolajani qöllaş maqsadida miomatoz tugunlar turini va farqli tomonini aniqlaş imkonini beradi. Dastur Farğona va Andijon viloyatlari perinatal markazlarida sinovdan ötgan. Sinovning körsatişiça, işlab çiqilgan algoritm va Dastur yordamida bemorga erta taşxis qöyiş imkoni yuzaga keladi, taşxis qöyiş aniqligi ortadi. Pirovard natijada esa ayollarimizning reproduktiv salomatligini ta'minlaş imkonini beradi.
2-örin – Yöldoşov Hakimboy Yaraşbayeviç.
Ma'lumki, mamlakatimizda yoşlarga ingliz tilini örgatişga alohida e'tibor berilmoqda. Bugungi kunda maktablarda 1-sinfdan boşlab ingliz tili fani öqitiladi. Uşbu işlab çiqilgan dastur aynan bolalarga ingliz tilini örgatişda qöl keladi. Dastur interaktiv öyin sifatida yaratilgan bölib, u ingliz tilida eng ommabop bölgan 2500 dan ortiq sözlarni yod oldirişga möljallangan. Dastur içida kiçik öyin tarzidagi bölimlar mavjud bölib, foydalanuvçilar ingliz tilini örganiş bilan birga köngiloçar öyin sifatida dasturdan foydalanişlari mumkin. Dastur rus va özbek tillarida yaratilgan, qulay interfeysga ega; dasturda sözlarni yod oldiriş uçun multimediali resurslardan foydalanilgan.
3-örin – Abdullayeva Hurriyatxon Zafarbekovna
Ösimliklarni zararli organizmlardan himoyalaş davlat miqyosidagi muhim muammolardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda qişloq xöjalik ekinlarining zararkunanda va kasalliklari töğrisida obektiv ma'lumotga ega bölmasdan turib, himoya qiliş vositalarini amaliy jihatdan qöllaş mumkin emas.
Uşbu dastur öz içiga qişloq xöjalik ekinlarining asosiy zararkunanda va kasalliklari haqidagi töliq ma'lumotni özida aks etgan bölib, ANDROID tizimi ostida işlovçi mobil qurilmalarda işlaşga möljallangan. Dastur Andijon viloyatining qator tumanlarida Ösimliklarni himoya qiliş otryadlari tomonidan işlatib kelinmoqda. Erişilgan iqtisodiy samara 2015 yilda 83 mln, 2016 yilda esa 93 mln sömni taşkil etdi.