Andijon maşinasozlik instituti texnika fanlari doktori Akbar Boymirzayev texnikalar uçun podşipniklarni çiqindi metallardan işlaşni taklif qilyapti. Uning aytişiça, bunday podşipniklar UzAuto Motors işlab çiqarayotgan maşinalar tannarxining ma’lum miqdorda pasayişiga ta’sir qila oladi.

Akbar Boymirzayev

“Çunki şu kungaça podşipnik materiallari çet eldan import hisobiga keltirilgan. Bizning asosiy maqsadimiz – mahalliy şaroitda import örnini bosuvçi materillar oliş”, – deydi u.

Eng muhimi – Akbar tayyorlayotgan podşipniklar ikkilamçi, ya’ni çiqindi materiallardan olinadi. Uning aytişiça, bu – logistika xarajatlarini iqtisod qilişga olib keladi.

Çiqindi metallardan tayyorlangan podşipnik

“Çetdan keladigan podşipnik bilan soliştirganda, – deydi Akbar, – biz işlab çiqayotgan materiallar 2 barobar, ya’ni 50 foizga xarajatlarni kamaytiradi”.

Elektr iste’moliga bosim ortgani transformatorlarning qizib portlaşiga sabab böladi. Islom Karimov nomidagi Toşkent davlat texnika universiteti Qöqon filiali talabasi Şavkatjon Xudoyberdiyev bunday portlaşning oldini oladigan yeçim taklif qilmoqda. U işlab çiqqan yeçim elektr transformatorlarni yonğin va portlaşdan himoya qiladi. Bu tizim transformatorlar ortiqça yuklamada qizib ketganda sovitib turadi.

Şavkatjon Xudoyberdiyev

“Ya’ni transformator içki moy kabi suyuqliklari bilan sovitilayotganda pölat korpusiga trubkalar orqali frion yurgizamiz. Bu bilan transformator moyini töliq sovitamiz. Tizim töliq avtomatlaştirilgan”, – deydi u.

Şavkatning tuşuntirişiça, transformator qizişni boşlaganda, bu haqda termodatçik motorlarga xabar beradi va tizim avtomatik işga tuşadi. Tizim töliq sovitilgandan keyin, dvigatellar özini özi öçiradi. Ortiqça yuklama tuşganda ham transformatorlar töliq işlaşda davom etadi. Va iste’molçilar töliq uzluksiz elektr toki bilan ta’minlanadi.