Özbekiston va Belarus maşinasozlik, qişloq xöjaligi, agrosanoat texnologiyalari, tibbiyot va farmatsevtika, yangi materiallar, AKT, genetika va biotexnologiyalar sohalariga oid 15 qöşma loyiha röyxatini muvofiqlaştirdi. Belarus Respublikasi Fan va texnologiyalar davlat qömitasi raisi Aleksandr Şumilin Özbekiston-Belarus fan va texnologiyalar böyiça birinçi komissiyasi yiğilişida şunday bayonot berdi. 

Uning sözlariga köra, loyihalar 2019-2021 yillarga möljallangan qöşma ilmiy-texnik loyihalar tanlovi yakunlari böyiça saralangan. Yaqin kunlarda uni amalga oşirişga kirişiladi. Bundan taşqari, tomonlar Özbekiston va Belarusda ikki qöşma ilmiy-tadqiqot laboratoriyasini yaratişni rejalaştirilmoqda. 

Yiğiliş davomida Aleksandr Şumilin va Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlantiriş vaziri Ibrohim Abdurahmonov 2019-2021 yillarga möljallangan ilmiy-texnik va innovatsion hamkorlik ijrosi dasturini imzolaşdi. 

Hujjatga köra, Belarus va Özbekiston ilğor texnologiyalar böyiça ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirişadi, qöşma loyihalarni amalga oşirişadi, olimlar, tadqiqotlar va mutaxassislar özaro almaşinuvini yölga qöyişadi.