Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Shveytsariya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2017 yilning 27 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Shveytsariya Konfederatsiyasining o‘z diplomatik missyasini yakunlayotgan Favqulodda va muxtor elchisi Shtefan Klotzlini qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma'lum qildi.
Suhbat davomida elchining mamlakatimizdagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda olib borgan faoliyati yakunlari sarhisob qilindi.
Vazir Shveytsariya elchisiga ikki tomon hamkorligini kengaytirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun tashakkur izhor etdi.
O‘z navbatida Shtefan Klotzli O‘zbekistonda o‘z diplomatik missiyasini muvaffaqiyatli bajarishi uchun yaratilgan qulay sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026