2017 yil 28 aprel kuni Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi idorasida IT Markaziy Osiyo böyiça Maxsus vakili, elçi Piter Burian iştirokida matbuot anjumani taşkil etildi. Mazkur anjuman davomida elçi OAV xodimlariga 2017 yil 26-28 aprel kunlari Yevropa Ittifoqining rasmiy vakillari Özbekistonga taşrif buyurgani haqida batafsil ma'lumot berdi.
Taşrif doirasida Toşkent şahrida qator vazirliklar, boşqarmalar diplomatik korpus vakillari, nodavlat taşkilotlar bilan uçraşuvlar ötkazildi. Şuningdek, Samarqand şahri mahalliy hokimiyat bilan uçraşuv taşkil etildi. Delegatsiya YeI moliyaviy kömagi ostida Özbekistonda amalga oşirilayotgan loyihalar faoliyati bilan tanişib çiqdi.
Piter Burian rasmiy taşrif doirasida Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uçraşib, Özbekiston va Yevropa Ittifoqining siyosiy, savdo iqtisodiy, investitsion va moliyaviy-texnik sohalardagi hamkorligi holati va rivojlantiriş istiqbollari hamda ayrim mintaqaviy masalalar muhokama qilinganini ta'kidlab ötdi.
Yevropa Ittifoqi vakillari Özbekiston bilan yaqinlaşib kelayotgan haftada “Qişloq xöjaligini rivojlantiriş dasturi” loyihasini moliyalaştiriş töğrisida bitim imzolaşni muhokama qilişdi. Mazkur bitim doirasida Özbekiston hukumatiga qişloq xöjaligi sohasida tadqiqotçilik faoliyatini rivojlantiriş, fermerlarga zarur texnologiyalar, axborotlarni yetkazib beriş, şuningdek, xalqaro standartlarga muvofiq holda Milliy oziq-ovqat dasturini olib kiriş uçun 21 500 000 yevro miqdorida grant ajratadi.
Şu tariqa, YeI Özbekistonning qişloq xöjaligini modernizatsiya va diversifikatsiya qilişga yönaltirilgan sa'y-harakatlarini qöllab-quvvatlaşini ma'lum qildi.

















