Eng yirik aloqa operatori Beeline havo kemalari bortida rouming xizmatlarini taqdim etadigan avialiniyalar röyxati kengaygani haqida xabar berdi.
Uşbu xizmat Beeline va AeroMobile Britaniya operatori bilan hamkorlikda taqdim etiladi. Beeline‘dan rouming quyidagi avialiniyalar bortida amal qiladi:
- Airberlin
A330-200, A319, A320, A330 samolyotlarida
- AirSerbia
A319, A320 samolyotlarida
- Alitalia
A330-200 samolyotlarida
- CATHAY PACIFIC
A350-900 samolyotlarida
- EUROWINGS
A330 samolyotlarida
- Kuwait Airways
B777-300ER samolyotlarida
- Malindo Air
B737-900 samolyotlarida
- SWISS
B777, A330 samolyotlarida
- TURKISH AIRLINES
B777-300ER samolyotlarida
Yangi qöşilgan avialiniyalardan taşqari Beeline roumingi quyidagi aviakompaniyalar samolyotlarida ham mavjud: Transaero, British Airways, Air France, Lufthansa, KLM, SAS, Emirates, Virgin Atlantic, Qatar Airways, Etihad Airways, Singapore Airlines, Aer Lingus va Eva Air. Aviakompaniyalar röyhati doimiy ravişda kengayib bormoqda.
Samolyot bortida roumingdan foydalaniş juda oson: uçib, yuksaklikka yetgandan söng Beeline SIM-kartasiga ega bölgan uyali vosita avtomatik ravişda, yoki mustaqil yoqiş orqali Aeromobile tarmoğiga ulanadi. Abonent operatordan salomlaşuv xabarini oladi. Undan keyin telefondan qönğiroq qiliş, SMS yuboriş va Internetga çiqiş uçun foydalaniş mumkin.

















