Olimlar eng xavfli yuqumli kasalliklardan biri – vaboning butunlay yöqolib ketmagani sababini aniqlaşdi. Uning Yer yuzidan yöqolmaganiga kasallikni keltirib çiqaruvçi ölat tayoqçasining öziga xos oqsildan foydalangan holda amyobalar içiga yaşirinib olişi sababdir. U "meni yema" degandek, öranib oladi, deyiladi Applied and Environmental Microbiology jurnalida e'lon qilingan maqoolada.

"Ma'lumki, vabo tayoqçasi hisoblanuvçi Yersinia pestis bir kemiruvçidan ikkinçisiga burgalar yordamida köçadi. Ayni uşbu haşarot inson kasallanişiga ham sabab böladi. Kemiruvçilar soni kamaygan vaqtda bakteriyalar köpayişi qiyinlaşadi. Ayni şunday holatda tayoqça amyobalar içida yaşirinib oladi va öziga qulay vaqtni kutadi", — deya hikoya qiladi AQŞning Vaşington ştatidagi Pullman universiteti vakili Viveka Vadivalu (Viveka Vadyvaloo). 

Tarixdan ma'lumki, insoniyat "ölat" alomatlariga öxşaş bir neça yirik epidemiya tarqalişini boşidan keçirgan. Vizantiya va Örta yer dengizida 6 asrda tarqalgan Yustinian vabosi şunday epidemiyalarning birinçilaridan hisoblanadi. Öşanda 100 mlndan ortiq kişi hayotdan köz yumgan. Örta asrlar, ya'ni 14 asrda Yevropa aholisining 1/3 qismining umriga zomin bölgan "qora ajal" yana bir yirik tibbiy fojialardandir. 18- va 19-asrlarda Osiyoda tarqalgan ölat kasalligi ham köplab qurbonlarga sabab bölgani bilan tarix sahifalarida qayd etilgan. 

Sönggi bir neça yillarda irsiyşunoslar öşa vaqtlarda halok bölganlarning suyaklaridan uşbu kasallik bakteriyalarining DNK namunalarini olişni uddalaşdi. Tadqiqotlarda mazkur kasalliklarga körinişidan turli xil bölgan yagona bakteriya — Yersinia pestis namunalari sabab bölgani oydinlaşdi. Paleogenetiklar fikriça, vabo insoniyatni uning Yevropa va Osiyo uzra tarqalişi davomida ta'qib qilgan hamda sönggi 10-15 ming yil davomida vaqti-vaqti bilan paydo bölgan va ğoyib bölgan. 

Vadivalu va uning hamkasblari uşbu kasallikning bu qadar uzoq yaşay olgani sababini aniqlaşga qaror qilişdi. Axir, sönggi epidemiya çoğida u boşqa odamlarga kasallikni boşqa kemiruvçilar va odamlarga tarqatişga ulgurmasdanoq, bemorlarni halok etib ulgurgan edi. Şunday ekan, nazariy jihatdan bakteriyalar ham yöq bölib ketişi kerak edi. 

Olimlar nima uçun şunday bölmaganini aniqlaşdi. Ma'lum bölişiça, kasallik mikroblari immun tizimining maxsus hujayrasi - makrofaglar tomonidan "yutib yuborilsa" istalgan vaqtgaça saqlanişi mumkin ekan. Körinişi va faoliyati jihatidan amyobalarga öxşab ketadigan sodda hujayralilarning bu işini Yersinia pestis hamda boşqa köplab xavfli kasallik qözğatuvçilar özlaştirib olgan.