Özbekiston-Qozoğiston davlat çegaralarida «Oq oltin» va «Malik» avtomobil ötkaziş punktlari 15 maydan öz faoliyatini boşlaşi lozim. Bu Özbekiston Prezidentining 26 apreldagi qarorida öz aksini topgan, deb yozmoqda “Gazeta.uz” hukumatdagi manbasiga tayangan holda.

M-39 trassasida joylaşgan mazkur ötkaziş punktlari Toşkent va Samarqand örtasidagi qisqa yölni tutaştiradi va faqat yengil avtomobillar ötişi uçun xizmat qiladi. Yuklar va tijoriy maqsadlardagi tovarlarning olib ötilişi taqiqlanadi.

Notranzit maqsadlarda Qozoğistonga ötuvçi Özbekiston fuqarolari hamda Qozoğiston fuqarolariga nisbatan çegara nazorati qonunçilikda belgilangan va Özbekiston imzolagan xalqaro şartnomalar asosida amalga oşiriladi.

Janubiy Qozoğiston viloyatining Maxtaaral tumani hududi orqali töxtaşlarsiz ötuvçi Özbekiston fuqarolari soddalaştirilgan tartibda — çegara belgisi qöyilmasdan ötkaziladi. Bunda şaxsni tasdiqlovçi, davlat çegaralarini kesib ötiş huquqini beruvçi hujjatlar majburiy tartibda tekşiruvdan ötkaziladi.

Ikkita ötkaziş punktida bojxona nazorati ham soddalaştirilgan tartibda amalga oşiriladi. Bunda bojxona deklaratsiyasi töldirilmaydi, transport vositasini röyxatga oliş va bojxona tekşiruvidan ötkaziş talab qilinmaydi, biroq majburiy tartibda vizual körik amalga oşiriladi.

Çegarani kesib ötuvçi fuqaro bojxona qonunçiligi talablariga rioya qiliş majburiyatidan ozod qilinmaydi.

Eslatib ötamiz, Maxtaaral tumani orqali ötuvçi M-39 avtomobil yöli 2006 yilda yopilgan edi.