2 may kuni Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan «Har bir murojaat e'tiborda: Özbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga mamlakatimiz soğliqni saqlaş tizimi böyiça kelib tuşayotgan murojaatlar tahlili» mavzusida matbuot anjumani taşkil etildi.
Unda aytilişiça, Soğliqni saqlaş vazirligida patronaj işini yanada yaxşiroq taşkil qiliş böyiça ştab taşkil qilingan. Hududlarda patronaj xizmat qanday olib borilayotgani yuzasidan barça kerakli ma'lumotlar örganib borilmoqda.
Qayd etilişiça, patronaj sumkalarida bolalarni ölçaş uçun tarozi, tana haroratini ölçaydigan gradusnik, fuqarolar qon bosimlarini ölçaş uçun tanometrlar bölişi kerak.
«Kun.uz» muxbiri vazir örinbosari Elmira Bositxonovaga savol bilan yuzlandi: «Qişloq vraçlik punktlarida bölganimizda, guvoh böldikki, hamşiralarning maoşlari miqdorlari juda ham past. Bu miqdor örtaça 400 ming sömni taşkil etadi, bu pul plastikka taşlab beriladi va u naqd pulga aylantirilganda, 350 ming söm qoladi. Bu maoş mijoz uçun jon kuydirib xizmat qiladigan hamşiraning yaşaş şaroitlarini ta'minlab bera olmaydi. Bu borada qanday işlar olib borilmoqda?».
Vazir örinbosari hamşiralar uçun qayğurayotgan jurnalistlarga minnatdorçilik bildirib ötdi.
«Şu yilning mart oyida prezident tomonidan qabul qilingan «Şoşilinç tibbiy yordamni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori e'lon qilindi.
Unda patronaj hamşiralarining iş reytingini işlab çiqiş böyiça muddat berilgan. Ya'ni, bir oy muddat içida ularning iş reytingini hisobga oliş böyiça nizom işlab çiqilmoqda. Unga köra, har bir hamşiraga ularning işi samaradorligi böyiça oylik maoşlari tölanadi. Yangi nizom işlab çiqilib, tasdiqlangaç, ularning oylik maoşlari iş samaradorligidan kelib çiqqan holda tölanadi», deya javob qaytardi vazir örinbosari.

















