Tez orada Toşkent şahridagi çorrahalarda svetoforlarni avtomatik ravişda boşqariş tizimi işga tuşiriladi. Bu haqda Respublika IIV YXXBB polkovnigi X.Saydaliyev Xalqaro press-klub taşkil etgan brifing çoğida ma'lum qildi.

Şu paytgaça kameralar qizil çiroq va tezlikni qayd etayotgandi. Endilikda svetoforlar maşinalar oqimiga qarab, ma'lum bir yönalişda köproq ruxsat bera boşlaydi.

Eslatib ötamiz, şu yilning 15 martidan poytaxtning 115 çorrahasida yöl harakati qoidalari buzilişini qayd etuvçi videokameralar tizimi işga tuşdi.

Qayd etiş kerakki, Toşkentda yöl harakati qoidalari buzilişini qayd qiliş videotizimining işga tuşişi poytaxtning markaziy qismida tiqilinçlar yuzaga kelişiga sabab bölgandi.

Haydovçilar şahar içida örtaça tezlikni pasaytirişdi, svetoforning sariq va qizil çiroqlarida töxtaydigan bölişdi, bu albatta harakatlaniş tezligini susaytirdi.