Özbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga köra, Özbekiston Içki işlar vaziri bir yilda ikki bora Senat oldida hisobot beradi. Bu haqda vazir Abdusalom Azizov Toşkent şahrida Xalqaro press-klub tomonidan taşkil etilgan anjumanda ma'lum qildi.
Şuningdek, aytilişiça, joylardagi Içki işlar boşqarmalari boşliqlari viloyat kengaşlari oldida har çorakda hisobot bersa, tumanlarda esa har oyda hisobot berişadi.
Profilaktika inspektori ham mahallada har oyda mahalla kengaşi oldida qilgan işlari haqida batafsil hisobot beradi. Qayd etilişiça, bu jamoatçilik bilan işlaşning bir şaklidir.
Bundan taşqari, profilaktika inspektorlari orqali IIV mahalla faollari, raisi, diniy-ma'rifiy va axloqiy masalalari böyiça maslahatçilar, posbonlar sardori, ayollar kengaşlari, faxriylar kengaşlari, “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati bilan köp tadbirlarni amalga oşirişi lozim hamda yaqindan işlaydi.

















