2 may kuni Milliy matbuot markazida Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan “Har bir murojaat e'tiborda: Özbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga mamlakatimiz soğliqni saqlaş tizimi böyiça kelib tuşayotgan murojaatlar tahlili” mavzusida matbuot anjumani taşkil etildi. 

Anjuman davomida OAV xodimlari tomonidan yöllangan savollarga ham batafsil javoblar berildi. Şuningdek, mamlakatda ixtisoslaşgan tibbiy yordam körsatişda uçraydigan muammo va kamçiliklar talaygina ekani qayd etildi. 

Bu muammolarni oldini oliş maqsadida, respublikaning 3 hududida xalqaro talablarga javob bera oladigan katta kardio-jarrohlik amaliyot markazlari oçilişi ma'lum qilindi. Mazkur markazlarga xalqaro miqyosdagi ekspertlar, jarrohlar jalb etiladi va ayni damda yurtimizda kardiologik kasalliklardan aziyat çekayotgan 3 mingga yaqin bolalar davolanadi.

"2016-2020 yillarda Özbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qiliş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisidagi Prezident qaroriga köra, 2020 yilgaça mamlakatimizning barça mintaqalarida çaqaloqlar jarrohligini va ayollar uçun kaminvazif jarrohlikni, şuningdek, opreatsiyalarga bölgan ehtiyojni töliq qoplagan holda Samarqand, Namangan va Xorazm viloyatlarida bolalar kardioxirurgiyasini yanada rivojlantiriş közda tutilgan", — deydi Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Elmira Bositxonova.