IShID terrorchilarining Suriya shimoli-sharqidagi Xasaka provinsiyasidagi qochqinlar lageriga hujum qilishi natijasida qurbon bo‘lganlar soni 50 nafardan oshdi. Bu haqida Suriya televideniyesida xabar berildi. 

Ash-Shaddadiy shahrining janubi-sharqida joylashgan lagerda Dayr-az-Zor va Raqqa provinsiyalari, shuningdek Iroqning Nineviya provinsiyasi qochqinlari bo‘lgan. Jangarilar seshanba kuni tongda ularga hujum qilishgan.

"50 nafardan ziyod kishi, jumladan ayollar va bolalar halok bo‘lgan, 34 kishi jarohat olgan va shifoxonaga yetkazilgan. Ba'zilari og‘ir ahvolda", - deya xabar berildi  telekanalda.