Inson xotirasi bilan aziz sanaladi, millat esa xotirasi va tarixi bilan uluğlanadi. Şu bois ham Birinçi Prezidentimiz Islom Karimovning Farmoni bilan 1999 yildan 9 may sanasi Xotira va qadrlaş kuni, deb e'lon qilindi. Bu sana xalqimiz – katta-kiçik, yoşu qari, jamiyatimizning barça a'zolari tomonidan ötganlarni xotirlaş va ruhini şod etiş, Vatan tinçligi yölida fidoyilik körsatgan, yurt taraqqiyotiga hissa qöşayotgan kişilarni qadrlab, ularga hurmat-ehtirom körsatiladigan kun sifatida har yili keng nişonlab kelinmoqda.

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 4 apreldagi «Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilarini rağbatlantiriş töğrisida»gi Farmoni va «Xotira va qadrlaş kuniga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori bugungi tinç va osuda kunlarimiz uçun kuraşgan, fidokorona mehnat qilgan yurtdoşlarimizga hurmat-ehtirom körsatiş, tinçlik-osoyiştalik yölida jonini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini yod etiş xalqimizga xos azaliy qadriyat ekanining yana bir tasdiği böldi.

Ayni kunlarda Namangan şahrida 12 nafar ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari, 388 nafar front orti faxriylari umrguzaronlik qilişmoqda. Viloyat va şahar hokimligi, «Nuroniy» jamğarmasi, «Mahalla» hayriya jamoat fondi, ”Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati bölimlari tomonidan ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilarini, faxriylarni bayram bilan tabriklaş, ularni moddiy va ma'naviy rağbatlantiriş böyiça bir qator çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.

Namangan şahrining «Gulpora» mahalla fuqarolar yiğinida istiqomat qiluvçi Qambarali ota Murodov xonadoniga şahar hokimi Bahodir Bekxodjayev, «Nuroniy» jamğarmasi şahar bölimi raisi Anvarjon Nasriddinov, mahalla faollari, ommaviy axborot vositalari vakillari yöqlab borişdi. Otaxon, u kişining farzand va nabiralari mehmonlarni katta xursandçilik bilan kutib olişdi. Şahar hokimi Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning otaxonga yöllagan bayram tabriklarini öqib eşittirdi, Yurtboşimiz sovğalarini topşirdi.

Amir Temur mahallasida ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi Mamattoş ota Pattayev istiqomat qiladi. Ikkinçi jahon uruşi boşlangan kezlarda u kişi 18 yoşda edilar. Ayni yoşlikning orzu havaslari qalbida jöş urgan bu navqiron yigitça ham faşistlarga qarşi ayovsiz janglarga otlanadi. Mard va jasur öğlon Çexoslovakiya, Xabarovsk, Italiya uçun bölgan janglarda qatnaşadi. Ana şunday janglardan birida oğir yarador böladi. Ona yurtiga ikkinçi guruh nogironi bölib qaytadi. Uruşdan keyingi yillarda turli sohalarda samarali mehnat qildi. Oila qurdi, 3 nafar farzand, 30 dan ortiq nabira, evara, çevaralarni köriş baxtiga muyassar böldi. Bu xonadonga ham şahar hokimi Bahodir Bekxodjayev hamrohlari bilan kirib, Prezidentimizning bayram tabriklarini, sovğalarini, kökrakka taqiladigan esdalik nişonlarini topşirdi.