Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2 may kuni qator davlatlarning Özbekistondagi yangi elçilaridan işonç yorliqlarini qabul qilib oldi.

Prezident diplomatik missiyalar rahbarlarini samimiy qutlar ekan, Özbekiston uşbu davlatlar bilan hamkorlikni izçil rivojlantirişga alohida ahamiyat qaratişini ta'kidladi.

«Özbekiston Respublikasi mustaqillikka erişgan dastlabki kunlardan boşlab puxta öylangan taşqi siyosatni izçil amalga oşirib kelmoqda. Uning zamirida xalqimizning köp asrlik tarixi, madaniyati, an'ana va qadriyatlari, ezgu orzu-intiliş va manfaatlari mujassamdir», deya Şavkat Mirziyoyevning sözlarini keltirgan ÖzA. 

«Özbekistonning taşqi siyosati Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Nizomida mustahkamlab qöyilgan asosiy huquqiy tamoyillarga va Konstitutsiyamizga, mamlakatimiz öz zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarga töliq mos holda amalga oşirilmoqda. 

Biz bundan buyon ham taşqi siyosatimizni olib borişda Özbekiston Respublikasining Taşqi siyosiy faoliyat konsepsiyasida belgilangan strategik vazifalar va ustuvor yönalişlarga tayanamiz. 

Biz özimiz tanlagan, tinçlikparvarlikka asoslangan, yuzaga keladigan ziddiyat va qarama-qarşiliklarni faqat tinç, siyosiy vositalar bilan hal etişga qaratilgan yölga doimo sodiqmiz», dedi davlat rahbari. 

«Heç qanday harbiy-siyosiy bloklarga qöşilmaslik, boşqa davlatlarning harbiy bazalari va obektlarining Özbekiston hududida joylaşuviga, harbiylarimizning çet ellardagi operatsiyalarda iştirok etişiga yöl qöymaslik davlatimizning qat'iy siyosiy pozitsiyasi bölib qoladi. 

Taşqi siyosat sohasidagi barça hamkorlarimizga nisbatan oçiqlik va xayrixohlik ruhida, pragmatik siyosat olib boramiz», deb ta'kidladi Şavkat Mirziyoyev.

Özbekiston va Yevropa Ittifoqi

Özbekiston Yevropa Ittifoqi bilan samarali munosabatlarni yuksak qadrlaydi. Buning mustahkam huquqiy negizini Şeriklik va hamkorlik töğrisidagi bitim taşkil etadi. Uşbu hujjat asosida köp qirrali munosabatlarning ta'sirçan mexanizmlari – Hamkorlik kengaşi va qömitasi, Parlamentlararo hamkorlik qömitasi va boşqa tuzilmalar faoliyat körsatmoqda.