Sobiq ittifoqning sönggi mudofaa vaziri, marşal Dmitriy Yazov Moskvadagi P.V.Mandrik nomidagi Markaziy harbiy klinik gospitalning jonlantiriş bölimiga yotqizildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

Avvalroq bir qator OAV 92 yoşli Yazov şoşilinç tibbiy yordam sörab murojaat qilgani va u miya qon aylanişi ötkir buzilişi bilan şifoxonaga yotqizilganini ma'lum qilgandilar. 

"Dmitriy Timofeyeviç Yazov ayni vaqtda haqiqatan ham Rossiya mudofaa vazirligining markaziy gospitali intensiv davolaş palatasiga yotqizilgan. Davolaş hisobiga uning soğliği yaxşilanmoqda", deb aytdi agentlik manbasi. 

Uning aytişiça, şifokorlar yaqin orada Yazovni jonlantiriş bölimidan palataga olişmoqçi. Sobiq vazir bu yerda taşrifçilarni qabul qila oladi.

Dmitriy Yazov 1924 yil 8 noyabrda Omsk guberniyasining Yazovo qişloğida (hozirda Omsk viloyati Okoneşnikov tumani Yazovo qişloği) dunyoga kelgan. U Sobiq ittifoq marşali harbiy unvoni bilan taqdirlangan oxirgi harbiy hisoblanadi. Yazov 1987-1991 yillar Sobiq ittifoq mudofaa vaziri bölgan.