2 may kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev «2017 yil 6 may şanba dam oliş kunini 2017 yil 8 may duşanba kuniga köçiriş töğrisida»gi qarorga imzo çekdi.
Qarorga köra, 2017 yil 6 may şanba dam oliş kuni 2017 yil 8 may duşanba kuniga köçirildi va iş kuni deb hisoblandi, 2017 yil 8 may duşanba kuni dam oliş kuni deb e'lon qilindi.
Maslahat.uz guruhida bu borada tuşuntiriş berilgan:
Beş kunlik iş haftasida işlaydiganlar uçun (şanba rasman dam oliş kuni bölganlarga):
6 may (şanba) iş kuni, 7, 8, 9 may (yakşanba, duşanba, seşanba) – dam oliş kuni.
Olti kunlik iş haftasida işlaydiganlar uçun:
6 may (şanba) iş kuni, 7, 8, 9 may (yakşanba, duşanba, seşanba) – dam oliş kuni.
Talabalar uçun:
6 may (şanba) öqiş kuni, 7, 8, 9 may (yakşanba, duşanba, seşanba) – dam oliş kuni.

Şifokorlarga (öqituvçilarga yoki boşqa kasbdagilarga) duşanba iş kuni ekan yoxud duşanba kuni yakşanbaga köçirilibdi, yakşanba işga/öqişga çiqişga majbur ekanmiz, degan gaplarning barçasi notöğri.
Prezident qarori bilan 8 may (duşanba) dam oliş kuni deb e'lon qilindimi, uni quyi taşkilot rahbarlari özgartira olmaydi. Yoki duşanba kuni hisobiga yakşanba kuni işga çiqasizlar degan talabni qöyişga ham heç kimning haqqi yöq.
Ma'lumot örnida aytiş joizki, Mehnat kodeksi 132-moddasiga binoan işlab çiqariş-texnika şaroitlari va boşqa şaroitlarga (uzluksiz işlaydigan korxonalar, obektlarni qöriqlaş, ularning xavfsizligini ta'minlaş kabilarga) köra işni töxtatib turiş mumkin bölmagan joylarda, aholiga xizmat körsatiş zarurati bölgan işlarda, şuningdek keçiktirib bölmaydigan ta'mirlaş va yuk ortiş-tuşiriş işlarida bayram (işlanmaydigan) kunlari işlaşga yöl qöyiladi.
Va zaruriyat tufayli dam oliş kunlari navbatçilikda turişi lozim bölgan ayrim xodimlar ham işga jalb qilinişi mumkin.
Lekin kimda kim dam oliş kuni işga jalb qilinsa, ularga 2 hissa miqdorida haq tölanişi kerak (MK 157-modda).
Eslatib ötamiz, mart oyida ham şunga öxşaş holat kuzatilgan, öşanda prezident tomonidan 20 mart (duşanba) dam oliş kuni deb e'lon qilingaç, aholiga ketma-ket 3 kun davomida dam oliş uçun şaroit yaratib berilgandi. Öşanda avvaliga 19 mart, yakşanba kuni ta'lim muassasalarida öqiş kuni bölişi, ba'zi taşkilotlarda iş kuni bölişi haqida ma'lum qilingandi. Ammo «Kun.uz» va «Xuşnudbek.uz» saytlarining bu boradagi savollaridan keyin işga çiqiş böyiça buyruqlar qaytarib olingan, yakşanba kuni ta'lim muassasalarida odatdagi kabi dam oliş kuni
















