2017 yil 4 may kuni Toşkent IIBBda odatdagidek matbuot brifingi bölib ötdi. Unda, şahar içki işlar bölimlari tomonidan jinoyatçilikni oldini oliş, profilaktika va boşqa belgilab olingan yönalişlar böyiça amalga oşirilgan işlar yuzasidan axborot berildi.  

Toşkent şahar içki işlar boş boşqarmasi Özbekiston Oliy Majlisi Senati bilan hamkorlikda çorrahalarda svetoforning taqiqlovçi çiroğida ötib ketganlik va töxtaş çiziğini bosib töxtaganlik uçun jarimalar miqdorini özgartiriş masalasini örganib çiqib, takliflar işlab çiqadi. Bunda qonunbuzarliklarni sodir etgan voyaga yetmaganlar hamda 60 yoşdan oşganlarga nisbatan jazolarni yengillatiş böyiça Özbekiston qonunçiligida közda tutilgan tamoyillar e'tiborga olinadi.  

Bu haqda Toşkent IIBB brifingida iştirok etgan Oliy Majlis Senati a'zosi  Botir Matmuratov ma'lum qildi.