Olmazor tumanida ikki qiz iştirokida ğalati voqea röy berdi. Uşbu tuşunarsiz holatga Olmazor tumani IIBB tergov bölimi katta tergovçisi Lola Rajabova oydinlik kiritdi.
Barçasi 2014 yilda boşlangan edi. 18 yoşli Sitora Telegram messenjeri orqali özini Abdurasulxöja deb taniştirgan yigit bilan tanişgan. Yoşlar bir yil davomida yuzma-yuz körişmay, faqat messenjer orqali muloqot qilişgan. Qizning işonçiga kirgan yigit unga nima qiliş kerakligi borasida buyruq bera boşlagan.
"Yigit Sitoraga u yoqtirgan qiz ekanini bahona qilib, unga internetda ötiriş, dugonalari bilan muloqot qilişni taqiqlagan, şu bilan birga uni namoz öqişga çorlagan. Abdurasulxöja Sitoraga Navoiy nomidagi Kino saroyi oldida öz kureri bilan uçraşuv belgilaydi. Qiz rozi böladi, ertasiga kurer va qiz uçraşadi - Sitora özining iPhone 5s telefonini kurerga beradi, evaziga undan oddiy tugmali telefon oladi", - deydi tergovçi.
Şundan keyin ularning munosabatlari Telegram'dan eski SMS-xabarlarga köçadi. 2015 yil yakuniga yetayotgan edi. Sitora "yigiti"ning iltimosiga köra, kurer orqali unga turli sovğalar, pullar va hatto şaxsan özi tayyorlagan taom hamda pişiriqlardan berib yuborardi.
Biroq 2016 yilning boşida vaziyat boşqaça tus oldi. Xuddi şu yigit Telegram'da Sitoraning 15 yoşli singlisi Mubina bilan yozişişni boşlaydi. Stsenariy öşa-öşa... Yigit özini Jahongir deb taniştiradi, töliq qizning işonçiga kiradi, sevgi izhor qilib, uylanişga va'da beradi. Keyin qimmatbaho Sumsung telefonini oddiy tugmali qurilmaga almaştiradi. Muammolarni rökaç qilib, unga moliyaviy yordam berişni söraydi. Singil opasidan ötib tuşib, "sevgilisi"ga uydagi qançadan-qança buyumlarni yetkazadi, u hatto qarindoşlarining uyidan ham öğirlik qilişga ötadi. Tergov bölimi ma'lumotlariga köra, umumiy ziyon 80 million sömdan ziyodni taşkil qiladi.
"Eng qiziği, uydan pullar va qimmatbaho buyumlar yöqolganda ota-ona bunga e'tibor berişmagan. Öşa paytlar ularning uyida quriliş ketayotgan, işçilar birin-ketin almaşayotgan bölgan. Şu bois ota-ona buyumlarning yöqolganini sezgan taqdirda ham, buni qizlaridan emas, quruvçilardan körgan", - deya izohlaydi Lola Rajabova.
Yigit opa-singilni mohirona laqillatgan. Qizlar uning aytganini bajarmagan taqdirda "munosabatlar"dan ota-onasini xabardor qiliş hamda ularning behayo suratlarini yöllaş bilan tahdid qilgan. Bundan taşqari, kurer orqali ularga dimedrol yetkazib turgan. Ota-onasi har xil savollar bergan taqdirda şu doridan içişni tavsiya qilgan.
Birinçi bölib qizlarning xolasi taşvişlana boşladi, zero ular kelib ketganidan keyin uydan buyumlar yöqola boşlagandi, boz ustiga ularning özi ham juda özgarib qolgandi. Qizlarning ota-onasi bilan gaplaşgan xola Mubinani oçiq suhbatga çorladi. Oxir-oqibat qiz doş bera olmay, barçasini sözlab berdi. Qizlarning ota-onasi yigit bilan körişmoqçi bölişdi, biroq buning iloji yöq edi, zero farzandlarining özi faqat messenjer orqali munosabat örnatişgandi. Mubinaning voqeasini eşitgan Sitora unda ham xuddi şunga öxşaş holat ekanini aytdi. Şundan keyin ota-ona militsiyaga ariza yozişga majbur böldi.

















