Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev "2017-2021 yillar uçun Gidroenergetikani rivojlantiriş dasturi töğrisida"gi qarorni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmatida xabar berildi.
Unga köra, 2017-2021 yillarda Gidroenergetikani rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan.
“Özbekistonda 2017-2021 yillarda, 42ta yangi GES (gidro elektro stansiyalar) quriş va 32ta amal qilayotgan GESlarni zamonaviylaştiriş rejalaştirilgan”, — deyilgan qarorda.
Qarorda respublikadagi gidroenergetika sohasining rivojidagi ustuvor yönalişlar belgilab berildi, xususan:
- ekologik sof qayta tiklanuvçi energiya manbalarini keng qöllaş hisobiga elektroenergiya sohasida yangi işlab çiqariş quvvatlarini izçil yaratiş va mavjudlarini modernizatsiya qiliş;
- yirik, örta, kiçik va mikro-gidroelektr stansiyalarini loyihalaştiriş va quriş sohasida zamonaviy hamda har tomonlama asosli ilmiy-texnik qarorlarni joriy qiliş hamda şu asosda respublikadagi energetika balansi tuzilmasidagi gidroenergetik quvvatlar uluşini oşiriş;
- respublika suv salohiyatini asrab-avaylaşni rağbatlantirişni ta'minlaş, gidrotexnik inşootlarni quriş davomida mavjud flora va faunani saqlab qoliş, şuningdek suv resurslarini samarali boşqariş;
- transçegaraviy suv oqimlari va xalqaro köllarni muhofaza qiliş hamda ulardan foydalaniş böyiça majburiyatlar va ratifikatsiyalangan xalqaro kelişuvlarga rioya qiliş.
Prezident qarori Respublika energetika balansida qayta tiklanadigan energiya manbalari miqdorini bosqiçma-bosqiç oşirib boriş va şu asosda ekologik toza generatsiya manbalari yaratiş, mavjud bölgan gidroelektro stansiyalarni texnik va texnologik qayta jihozlaş, xalqaro tajribani hisobga olib suv manbalaridan samarali foydalaniş, energetika manbalarining özaro muvofiqligi darajasini oşiriş va şuning hisobidan aholi va korxonalarning elektr energiyasiga bölgan talabini töliq qondiriş maqsadida qabul qilingan.

















