Bugun «Bunyodkor» klubi qarorgohida yiğiliş bölib ötdi. Unda klub boş direktori Murodjon Aliyev jamoa a'zolariga yangi boş murabbiyni taniştirdi.
Klub matbuot xizmati bergan xabarga köra, «Bunyodkor» boş murabbiyi lavozimiga Mirjalol Qosimov tayinlandi. Murabbiylar ştabida Mirjalol Qöşoqoviçga Aleksandr Volkov va Şuhrat Maqsudov yordam beradi.
«Futbol jamoatçiligi yaxşi biladiki, Mirjalol Qosimov özbek futboli tarixidagi eng yaxşi futbolçilardan biri, yoşlar örtasida yevropa va jahon çempioni, Özbekiston va Rossiya çempioni, bir neça bor kubok sohibi, yilning eng yaxşi futbolçisi va boşqa sovrinlar egasi. Mirjalol Qöşoqoviç avval ham «Bunyodkor» FKda faoliyat yuritgani köpçilikka yaxşi ma'lum. U «Bunyodkor» boş murabbiyi sifatida bungaça 191ta uçraşuv ötkazib, bu borada rekordçi hisoblanadi. Uning qöl ostida «Bunyodkor» bir neça bor mamlakat çempioni va kubogi sohibi bölgan. Ikki bor Osiyo Çempionlar ligasi yarim finaliga yetib borgan.
Yiğilişda jamoa a'zolariga «Bunyodkor»ning avvalgi mavqeini tiklaş hamda Osiyo Çempionlar ligasining kelasi mavsumiga yöllanma oliş vazifasi yuklatildi.
«Bunyodkor» FKning yangi murabbiylar ştabiga yorqin ğalabalar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz», deyilgan xabarda.
Eslatib ötamiz, bir muddat muqaddam «Bunyodkor» rahbariyatida özgariş bölgan, klub boş direktori lavozimida işlab kelgan Baxtiyor Boboyev örniga Murod Aliyev tayinlangandi. Bugun esa jamoa boş murabbiyi Sergey Luşçan iste'foga çiqarildi.

















