Ta'kidlash o‘rinliki, bugun yana bir o‘zbekistonlik bokschi, yarim finalda qozog‘istonlik Vasiliy Levitga imkoniyatni boy bergan Sanjar Tursunov -91 kg vazn toifasida Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun ringga ko‘tariladi.
Umuman bugun 5ta vazn toifasida final va JCh yo‘llanmasi uchun janglar bo‘lib o‘tadi. Soat 14:00da boshlanadigan kunduzgi bahslarda dastlab 56 kg vazn toifasida JCh yo‘llanmasi uchun kurashadigan bokschilar kuch sinashadi. Bular:
56kg. Nima Dorji (Butan) – Simon Makarave (Indoneziya)
Riomey Tanaka (Yaponiya) – Gaurav Bidhuri (Hindiston)
Final. Murodjon Ahmadaliyev (O‘zbekiston) – Jiavey Jiang (Xitoy)
60kg. Adilet Kurmetov (Qozog‘iston) – Chu-en Lay (Taypey)
Aarashi Morisaka (Yaponiya) – Farrand Papendang (Indoneziya)
Final. Shiva Tsapa (Hindiston) – Elnur Abduraimov (O‘zbekiston)
75kg. Brama Hendra Betaubun (Indoneziya) – Aziz Ochilov (Turkmaniston)
Abdul Muin Aziz (Suriya) – Eumir Marsial (Filippin)
Final. Dongyun Li (J. Koreya) – Isroil Madrimov (O‘zbekiston)
Kechki janglar.
81kg. Shabbos Nig‘matulloyev (Tojikiston) – Adli Hafiz Mohd Pauzi (Malayziya)
Manish Panvar (Hindiston) – Ali Avais Xon (Pokiston)
Final. Bektemir Meliqo‘ziyev (O‘zbekiston) – Yyerik Aljanov (Qozog‘iston)
-91kg. Sanjar Tursunov (O‘zbekiston) – Salar G‘ulomiy (Eron)
Yu Fengkay (Xitoy) – Mahmud Sanaulloh (Pokiston)
Final. Vasiliy Levit (Qozog‘iston) – Sumit Sangvan (Hindiston)
Bugungi final janglarini Kun.uz'ning YouTube portalidagi kanali orqali kuzatish mumkin.











