Toşkentdagi muhtaşam “Özbekiston” universal sport majmuasida Boks böyiça 29-Osiyo çempionatining final janglari bölib ötmoqda. Unda dastlab 56 kg vazn toifasida JÇ yöllanmasi uçun janglar bölib ötdi. 

Nima Dorji (Butan) –  Simon Makarave (Indoneziya) va Riomey Tanaka (Yaponiya) –  Gaurav Bidhuri (Hindiston) örtasidagi bahslarda indoneziyalik va yaponiyalik boksçilar qöli baland kelib, Germaniyada ötkaziladigan JÇ yöllanmasini qölga kiritişdi. 

Musobaqaning oltin medali uçun esa ringga özbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev va xitoylik Jiyavey Jiang kötarilişdi. Qizğin kuraşlarga boy bölgan kuç sinaşuvda özbekistonlik boksçi ğalaba qozondi. Şunday qilib, Rio-2016 bronza medali, Jahon va Osiyo çempionatlari kumuş medali sovrindori Murodjon Ahmadaliyev qit'a miqyosida tengsiz ekanini isbotladi. 

Kun.uz tahririyati Murodjonni va barça özbekistonlik boks muxlislarini jamoaning ilk oltin medali bilan qutlaydi hamda boşqa özbekistonlik finalçilarga omad tilaydi.