Keksayiş muammolari milliy instituti Neyrobiologiya labaratoriyasi rahbari Mark Metsonning TEDx-ma'ruzasi köpçilikda qiziqiş uyğotdi. U şuningdek Jon Xopkins universitetining neyrobilogiya bölimi professori hamdir. Bundan taşqari, Metson Parkinson va Altsgeymer kabi kasalliklarning neyrodegenerativ buzilişlari asosida yotuvçi hujayra va molekulyar mexanizmlar sohasidagi eng yetakçi tadqiqotçilardan biri hisoblanadi. 

Mark va uning jamoasi haftada ikki marta oçlik e'lon qiliş Parkinson va Altsgeymer kasalliklarining rivojlaniş xavfini sezilarli pasaytirişi haqida bir neça maqola çop etişdi. MedNew şu haqida ma'lumot berdi. 

"Ma'lumki, parhezdagi özgarişlar muayyan ma'noda miya faoliyatiga ta'sir körsatadi. Epileptik xurujlardan aziyat çekuvçi bolalarda kaloriyalar çeklanganda yoki oç qolgan holatlarda xurujlar sezilarli darajada kamaygan.

Oçlik epileptiklarda köp uçrovçi qözğatuvçi signallarga qarşilik qiluvçi himoya mexanizmlarining işga tuşişiga turtki beradi.

Soğlom miya, "me'yordan taşqari töyganda" qözişning nazorat qilib bölmaydigan, miya faoliyatini buzuvçi boşqa turini his qilişi mumkin, - deya ma'lum qiladi Metson va uning hamkasbi.

Iste'mol qilinuvçi kaloriyalarni çeklaş bilan boğliq tadqiqotlarga qaraydigan bölsak, umuman olganda, ularning aksariyati parhez umrni uzaytirişi va surunkali kasalliklar bilan kuraşiş xususiyatini oşirişini körsatadi. 

"Tirik mavjudotlarning köplab turlarida, şu jumladan kalamuşlar, siçqonlar, baliqlar, paşşalar va çuvalçanglarda kaloriyalarni çeklaş hayot davomiyligini uzaytiradi va yoş bilan boğliq surunkali kasalliklarni sekinlaştiradi. Buning qanday mexanizmlarga asoslanişi tuşunarsiz".

Yuqorida keltirilgan sözlar - ön yil oldingi ilmiy izlanişlar natijasi. Biz söz oçgan iş esa, avval fanga tuşunarsiz bölgan ba'zi mexanizmlarga ta'rif beradi.

Oçlik miya uçun foydali va buni organizm oç qolganda, miyada röy beruvçi barça foydali neyrokimyoviy özgarişlardan köriş mumkin.

Şuningdek, u miyaning aqliy salohiyatini ham yaxşilaydi, neyrotrofik omillarni köpaytiradi, stresslarga qarşi çidamlilikni oşiradi va şamollaşni kamaytiradi. 

Oçlik miyaga e'lon qilingan öziga xos çaqiriq bölib, miya unga moslaşiş bilan javob qaytaradi va bu miyaga stress hamda kasalliklar xavfini yengişga yordam beradi. 

Oçlik paytida miyada sodir böluvçi özgarişlar muntazam jismoniy maşqlar natijasida yuzaga keladigan özgarişlarga öxşaydi. Ikki özgariş turi ham boş miyada oqsil işlab çiqarişni oşiradi. Bu esa, öz örnida, neyronlar va ular örtasidagi aloqalar hamda sinapslar mustahkamligi ösişiga olib keladi.