“Özbekiston” universal sport majmuasida Boks böyiça Osiyo çempionatining final janglari davom etmoqda. Unda 60 kg vazn toifasida iştirok etgan va yarim finalga çiqa olmagan boksçilar örtasida JÇ yöllanmasi uçun janglar bölib ötdi. 

Söngra, musobaqaning boş sovrini uçun ringga özbekistonlik Elnur Abduraimov va hindistonlik Şiva Tsapa çiqib kelişdi. Keskin kuraşlar bilan boşlangan jang birinçi raunddayoq töxtatildi. Bunga boksçilarning kutilmaganda töqnaşib ketişlari hamda jiddiy jarohat olganlari sabab böldi.

Musobaqa reglamentiga köra, hakamlarning ballari hisoblandi. Unga muvofiq, 4-1 hisobida özbekistonlik boksçining qöli baland keldi.