Xotira muqaddas. Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov aytganidek: “tarixiy xotirasiz kelajak yöq”. Mamlakatimiz “Xotira va qadrlaş kuni”ni keng nişonlaş arafasida turibdi. Şu örinda haqli bir fikr örtaga çiqadi: özbekning mustaqilligini, ma'rifatini, huquqini, qadriyatini himoya qilgan ajdodlar tufayli şu kunlarga yetib turibmiz. Bu haqda Toşkent şahrining Yunusobod tumani boş imom-xatibi Sayyid Rahmatulloh Termiziy şunday deydi:
“Toşkentdagi Şahidlar maydonida beş mingga yaqin odamlar kömilgan. Ularning deyarli barçasiga otib bölinganidan söng, ölimga hukm qiliş töğrisidagi farmon çiqqan. Aytişlariga qaraganda, mazkur şahidlarni tunlari guruh-guruh qilib olib çiqib ketişgan va ana şu yerda qatl etişgan. Öldirilganlarning sanoqlisi şoir va adiblar, aksarisi esa diniy ulamolar, olim va qorilarni taşkil etgan.
Bunga sabab mustabid hokimiyat xalqni tamoman mut'ye qiliş maqsadida uning ma'naviyatini, ma'rifatini va tarixini yöqotişga uringan. Ayniqsa, öşa xalqning ma'rifatparvarlari yöq qilingan. Yuqorida aytib ötganim, xunrezliklar ham aynan mana şu maqsadda amalga oşirilgan. Ular otilgan, boşqalari uzoq ölkalarga surgun qilingan, omon qolganlari esa yurtdan çiqib ketgan.
Ammo şuni alohida ta'kidlaş kerak-ki, dinimiz asrlar oşa yaşab kelyapti. Uning ildizi heç qaçon yöqolmaydi. Bunga tarixning özi guvoh”.











