12-22 may kunlari Boku şahrida IV «Islom birdamlik öyinlari» bölib ötadi. Musobaqada 57ta davlatdan uç mingdan ziyod sportçilar iştirok etişi kutilmoqda. 

Turnir olimpiada öyinlari kabi 4 yilda bir marotaba bölib ötadi va u Islom mamlakatlari olimpiadasi deb ham ataladi.

Mazkur öyinlarning dastlabkisi 2005 yilda Saudiya Arabistonida ötkazilgan. Oradan tört yil ötgaç II «Islom birdamlik öyinlari» Eronda ötkazilişi kerak edi, ammo Eron va arab davlatlari örtasidagi kelişmovçilik tufayli musobaqa bekor qilingan. Hisob böyiça uçinçi musobaqa 2013 yilda Indoneziyaning Pekanbaru şahrida taşkil etilgan. 

Islom hamjihatlik öyinlari sportning 21ta turini öz içiga oladi. Bular yengil atletika, suvga sakraş, suziş, suv polosi, basketbol 3x3, futbol, badiiy va sport gimnastikasi, uşu, stol tennisi, gandbol, dzyudo, yunon-rum kuraşi, erkin kuraş, öq otiş, tennis, voleybol, boks, zorxana, karate, taekvondo va oğir atletika.

Özbekiston uşbu turnirga 100dan ziyod sportçisini yuboradi, bu özbekistonliklar turnirda birinçi marta iştirok etişi böladi.

Ular sportning 15ta turida Özbekiston şarafini himoya qilişadi: yengil atletika, dzyudo, erkin va yunon-rum kuraşi, karate, taekvondo, oğir atletika, boks, handbol, öq otiş, sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, tennis, para-atletika va para-dzyudo.