8 may kuni Apple kompaniyasining bozor narxi ilk bor 800 mlrd dollardan oşib ketdi.
MSNBC telekompaniyasining ma'lum qilişiça, kompaniya aksiyalari narxi 153,44 dollardan oşgan. "Dreksel Gamilton" kompaniyasi tahlilçisi Brayan Uaytning fikriça, kompaniyaning bozor narxi 2017 yildayoq trillion dollardan oşişi mumkin.
Oxirgi çorakda kompaniya smartfonlari va boşqa gadjyetlari savdosi pasayganiga qaramasdan, Apple yangi moliyaviy çöqqilarni zabt etişga muvaffaq bölmoqda.
"Kompaniya rahbari Tim Kuk pasayişni iste'molçilar sentabrda yangi qurilmaning namoyişini kutayotganlari bilan tuşuntirmoqda. Körinişiça, Uoll-strit ham bunga rozi bölmoqda", deb aytildi telekanal xabarida.













