Bir necha kun oldin “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining rasmiy saytida o‘zbekistonliklar #XotiraUz heshtegini trendga olib chiqishni rejalashtirganligi to‘g‘risida xabar berilgan edi. 

Shu munosabat bilan 9 may kuni soat 9:00 dan 11:00 ga qadar Twitter ijtimoiy tarmog‘ida #XotiraUz heshtegini trendga olib chiqish reja qilindi.

Buning uchun, Siz: 

– Twitter ijtimoiy tarmog‘idan shaxsiy profilingizni oching; 
– #XotiraUz heshtegi ostida o‘z fikrlaringizni qoldiring; 
– #XotiraUz heshtegi ostida qoldirilgan postlarga “yoqdi” (Like) hamda “ulashaman”(Retweet) tugmalarini bosing.

Eslatib o‘tamiz, #XotiraUz heshtegini trendga olib chiqish yuzasidan bir guruh yoshlar tomonidan Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ko‘ngilli guruh tashkil etilgan.