Fransiyaning yangi saylangan prezidenti, 39 yoşli Emmanuel Makron şu vaqtgaça Rothschild & Cie Banque bankida investitsiyalar böyiça bankir, Fransua Olland hukumatida iqtisodiyot vaziri bölişga ham ulgurdi. Kelasi beş yilda u dunyoning yadroviy davlatlaridan biri – Fransiyaning prezidenti lavozimini egallaydi.
U öta öng kayfiyatdagi “Milliy Front” yetakçisi Marin Le Penni deyarli 2 baravar farq bilan ortda qoldirdi. Şu bilan Makron Fransiyaning sönggi 140 yillik tarixidagi eng yoş davlat rahbari nomini qölga kiritdi. Xöş, Yevropaning sönggi bir neça yilliklardagi eng muhim saylovi natijasi haqida nimalarni biliş lozim? Insider.pro sayti şu xususda tahlil yuritadi.
1. Populizm* rad etilmadi, balki ortga surildi
Ha, Yevropa elitasi uçun hayot-mamot masalasi bölgan siyosiy ğalaba kuraşi poyoniga yetgani yöq. Garçi, keng jamoatçilik asosiy siyosiy ziddiyatlarni alohida bir şaxslarning qarama-qarşiligi sifatida qabul qilsa-da, statistika öz vazifasini bajarmoqda: bir yildan oşdiki, işsizlar soni kamaymoqda, iqtisodiyot barqarorlaşa boşladi. Tadqiqotlarga köra, iqtisodiy ösiş sur'atlari sönggi 6 yildagi eng yuqori körsatkiçiga yetdi.

Albatta, ayni şu narsa ham Le Penni norozi kayfiyatdagi saylovçilar ovozidan mahrum qildi. Ikki hafta muqaddam, Marin Le Pen 21,3 foiz töpladi. 2014 yilda uning partiyasi YeI parlamenti uçun saylovlarda 24,8 foiz ovoz töplagan edi. Şundan kelib çiqib aytiş mumkinki, 2014 yilgi natija “Milliy Front” uçun inqirozdan keyingi yagona eng yuqori körsatkiç böldi. Ammo, siyosiy oqimlarning maşhurligi davriylik kasb etadi, radikal siyosatçilarni qöllab-quvvatlaş darajasini anglatuvçi köpgina omillar — globallaşuv tanqidi, Islom dini tarqalişidan qörquv, işsizlik — bularning barçasi öz ta'siriga ega. Marinning natijasi otasi Jan-Mari Le Penning 2002 yilgi prezidentlik saylovi ikkinçi turida körsatgan 17,8 foizlik körsatkiçidan deyarli ikki baravar yuqoriligiça qoldi va uzoq istiqbolda “Milliy Front” maşhurligi ortişi tabiiy.
2. Frantsuzça istisno
2016 yilda populizm ikkita yirik ğalabaga erişdi. Bular Donald Trampning prezident sifatida saylanişi hamda Brexit böyiça referendumda YeI tarkibidan çiquvçilarning ğalaba qozonişidir. Bunda, asosan, yoşi katta kişilarning ovozi muhim örin tutdi. Xususan, Trampni qöllab-quvvatlagan 65 yoşdan katta saylovçilar orasidagi farq 8 foizni taşkil etgan bölsa, Brexit taşabbusini ma'qullagan keksa britaniyaliklar 20 foizga köproq edi. “Biroq, Fransiyada Le Pen barça yoşdagi saylovçilar orasida faqat yoşlar örtasida maşhurroq böldi”, - deydi Harvard universiteti öqituvçisi Yaşa Munk. Uning aytişiça, boşqa saylovçilar 80/20 nisbatda Makron foydasiga ovoz berişgan.















