Joriy yilning 6 aprelida Karter Uilkerson Wendy’s tarmoği bilan yillik naggetslar zahirasi uçun 18 million retvitga ega bölişi haqida yozib, kompaniya bilan bahs boylagandi. 

U ertasigayoq 800 mingdan ortiq retvit töplaşga muvaffaq böldi. Hozirda Uilkerson Twitter'dagi eng maşhur post egasi teleboşlovçi Ellen Dejyeneresdan ötib ketdi. Uning posti 3,5 milliondan ortiq retvit va 930 mingdan ziyod laykka ega böldi. 

Karter Uilkersonning yutuği Ginnesning Rekordlar kitobi vakillari tomonidan qayd qilindi.  

Karter Ellen Dejyeneresning rekordidan ötgan taqdirda, Dave Thomas Foundation xayriya fondiga 100 ming dollar ötkazişga va'da bergan Wendy`s restoranlar tarmoği va'dasiga vafo qildi.