Yölovçi Lyusi Baxetukile AQŞning United Airlines aviakompaniyasi aybi bilan notöğri yönalişda deyarli 5 ming kilometrlik masofani uçib ötişiga töğri keldi. Şu sababli aviakompaniya undan uzr söradi. Bu haqda Daily Mail naşri xabar bermoqda. 

Ayol AQŞning Nyuark şahridan Parijga uçişi kerak bölgan, biroq parvozdan bir oz oldin samolyotga çiqiş raqami özgartirilgan va Lyusi San-Frantsiskoga uçuvçi samolyotga ötirgan.  

Özgarişlar ingliz tilida ma'lum qilingan. Lyusi esa ingliz tilini bilmasligi sababli bundan bexabar qolgan. E'lon esa uning ona tilisi bölgan fransuz tilida yangramagan. Aviakompaniya özgariş haqida poçta orqali ham heç qanday ogohlantiriş yubormagan.

Lyusi samolyotga çiqqanda uning örni band ekanligini körgan. U çiptani styuardessaga körsatganda, styuardessa reys haqidagi ma'lumotlarga e'tibor qaratmagan va Lyusiga boşqa örindiqni egallaşni taklif qilgan. 

Natijada ayol boşqa yönalişda 5 ming km masofa uçib ötgan. Lyusi Parijga yetib olişi uçun umumiy hisobda 28 soat ötkazişiga töğri kelgan. 

Aviakompaniya ayolga Parijgaça çipta qiymatini tölab bergan.

United Airlines oxirgi vaqtda yölovçilar bilan boğliq mojaroli vaziyatlarga tez-tez uçramoqda. Şunday vaziyatlardan biri aviakompaniya samolyotiga unda mavjud örindiqlardan köproq çipta sotilganda yuz bergan. Aviakompaniya xodimlari samolyotda ularga joy böşatib berişni istamagan Devid Dao ismli yölovçini zöravonlik bilan samolyotdan tuşirib yuborişgandi.