Özbekistondagi haydovçilar Yöl harakati qoidalarini buzganligi, xususan, Toşkent şahri yöllariga örnatilgan kameralar va radarlar qaydlariga tuşgan yoki tuşmaganini mustaqil aniqlaş imkoniyatiga ega bölişdi. Endilikda, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali foydalanuvçilari belgilangan jarimalar xususida ma'lumot olişlari mumkin. Bu haqda Toşkent IIBBda bölib ötgan matbuot brifingida «Elektron hukumat» markazi direktor birinçi örinbosari Murod Rasulov OAV vakillariga ma'lum qildi. Uning sözlariga köra, hozirça, bu sinov tariqasida işga tuşirilgan. 

Uşbu my2.gov.uz portal orqali istalgan haydovçi kameralar uning maşinasini qoidabuzganlikda aniqlagani yoki yöqligini mustaqil ravişda aniqlab olişi mumkin böladi. Bu esa, uyga jarima xususida maktub kelişidan avvalroq jarimaga tortilgani yoki yöqligini bilib oliş mumkinligini anglatadi. 

Buning uçun haydovçi dastavval, «Elektron hukumat» avtomobil davlat raqami, transport vositasini qayd etiş guvohnomasi seriyasi va raqami, şuningdek, suğurta polisi raqamini kiritiş lozim böladi. 

Uşbu xizmat Özbekiston Içki işlar vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş vazirligi kömagida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangilangan namunasida taqdim etiladi.
 
Uni UZINFOCOM markazi va «Elektron hukumat»ni rivojlantiriş markazi hamkorlikda taqdim etadi.