Lola Karimova-Tillayeva özining feysbukdagi rasmiy sahifasida Islom Karimov nomidagi Fond tomonidan çet elning peşqadam oliygohlarida magistratura yönalişi böyiça tahsil uçun e'lon qilingan grant sohiblarini ma'lum qildi. Uşbu tanlovda jami 300ga yaqin yoşlar qatnaşgan edi.
"Ğoliblarimiz mutahassislik va çet tilidan ötkazilgan imtihon va testlarda barça iştirokçilar orasida eng köp ball töplab, öz bilim va irodalari tufayli grant sohibi bölişga muvaffaq böldilar", - deb yozadi Karimova-Tillayeva.
Tanlov ğoliblari:
1. Usmonov Mirusmon (Toşkentdagi Turin Politexnika universiteti bitiruvçisi)
2. Mirtursinov Madiyor (Turin Politexnika universiteti, Toşkent)
3. Asadov Bekzod (Turin Politexnika universiteti, Toşkent)
4. Iskandarov Nursulton (Toşkent Melioratsiya va irrigatsiya instituti)
5. Mahkamova Lazizaxon (Toşkent Arxitektura-quriliş instituti)
6. Qambarov Farxodjon (Turin Politexnika universiteti, Toşkent)
7. Tursunaliyev Uluğbek (Turin Politexnika universiteti, Toşkent)
8. Garder Nik (Gubkin nomidagi Rossiya Davlat universitetining Toşkentdagi filiali)
9. Mirzahmedov Otabek (Turin Politexnika universiteti, Toşkent)
10. Usmonov Abdijalol (Turin Politexnika universiteti, Toşkent)
11. Nurmamatov Jahongir (Turin Politexnika universiteti, Toşkent)
12. Feyzullayev Alim (Toşkent Arxitektura-quriliş instituti)
Grant sohiblari öqişining boşlanişi joriy yilning oktabr oyiga rejalaştirilgan.
Eslatib ötamiz: Bu yilgi tanlov quyidagi mutaxassisliklar böyiça ötkazilgan edi: tabiiy fanlar (qayta tiklanuvçi energiya manbalari va kimyo), suv va yer resurslarini boşqariş, maşinasozlik texnologiyalari, oziq-ovqat texnologiyalari, oziq-ovqat xavfsizligi, oziq-ovqat işlab çiqariş va marketingi, arxitektura (şaharsozlik, tarixiy obidalarni muhofaza etiş va qayta tiklaş), dizayn (mahsulot dizayni, sanoat va me'morçilik dizayni) hamda rassomçilik.

















