Moskva şahri markazida joylaşgan xiyobonda Özbekiston Respublikasi birinçi prezidenti Islom Karimovga örnatilgan haykalni rasmiy oçiş marosimi bölib ötgandi.

Prezident Islom Karimov öz vasiyatiga köra kindik qoni tökilgan Samarqand şahrida dafn etildi. Har kuni ön mingdan oşiq ziyoratçi birinçi prezident ruhiga hurmat bajo etiş uçun uning maqbarasiga taşrif buyuradi, deb yozadi Karimov Fondining rahbari Lola Karimova-Tillayeva.

“Moskvadagi yodgorlik hamda Islom Karimov nomi bilan atalgan xiyobon an'analar va madaniyatning betakror uyğunligini, şu bilan birga, davrimiz şiddatini aks ettiradi.
Mahobatli kompozitsiya çuqur ramziylikka yöğrilgan. Islom sivilizatsiyasining muhtaşam tarixiy obidalardan biri bölmiş Samarqanddagi afsonaviy Registon maydoni uluğvorligini namoyon etuvçi qurilmalar mahobatli yodgorlikning muhim tarkibiy qismi sanaladi. Mazmunan va usul-uslubga köra betakror bölgan xotira yodgorligida ham haykaltaroşlik, ham me'morçilikka xos teran ğoya ifodalangan.
Registon – mamlakatning boy tarixiy va ma'naviy merosi ramzidir. Islom Karimov deganda esa xalq tasavvurida “Mustaqillik” tuşunçasi namoyon böladi. Özbekiston tarixi sahifalarida öçmas iz qoldirgan Birinçi Prezident mamlakatning betakror madaniy va ma'naviy merosini qayta tiklaşga ulkan hissa qöşgan buyuk davlat arbobidir.

Bizning vazifamiz uşbu xiyobonga taşrif buyurgan har bir insonda mehmondöstligi va köp asrlik boy madaniyati bilan şuhrat qozongan özbek zaminiga qadam qöyiş hissini uyğotişdan iborat böldi. Ta'bir joiz bölsa, bu orqali ona Vatanga muhabbat tarannum etildi.

Bizning ijodiy maqsadimiz uşbu maskanni özbek xalqining milliy özligi va qadim tarixi timsoliga aylantiriş hamdir.

Biz uçun xiyobon va mahobatli yodgorlik şahar muhiti va ruhiga uyğun bölişi ham muhim ahamiyat kasb etadi”, - deydi u.

Moskva ma'muriyati bilan erişilgan kelişuvga muvofiq, 2017 yilning bahorida Karimov Fondi Rossiya poytaxtida Islom Karimov xotira yodgorligini loyihalaş, tayyorlaş va örnatiş böyiça işlarni amalga oşiriş mas'uliyatini öz zimmasiga oldi. Mazkur maskanning boğ-xiyobon hududi Moskva ma'muriyati tomonidan Karimov Fondi bilan hamkorlikda obodonlaştirildi.

Mustaqillikning ilk yillaridanoq prezident Islom Karimov millatlararo bağrikenglik hamda Rossiya va Özbekiston xalqlari örtasidagi döstlik munosabatlarini rivojlantirişga katta e'tibor qaratgan.