Yaqindagina ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi kanallarda oğir kasallikdan söng vafot etgani haqida miş-miş tarqalgan, keyinçalik bu xabar inkor etilgan Tatyana Karimova yana omma oldida köriniş berdi.

Foto: Facebook/IslamKarimovFoundation

Bugun Tatyana Karimova Islom Karimov Fondining çet elda ta'lim oliş grantlarining stipendiatlari — Muzaffar Maksumov, Aleksandra Kim, Gulyuzbonu Röziboyeva va Stefaniya Abbosovalar bilan Özbekistonning Birinçi Prezidenti hayoti va faoliyatiga bağişlangan körgazmada uçraşdi, — deb yozmoqda Islom Karimov fondining Feysbukdagi sahifasi.

Foto: Facebook/IslamKarimovFoundation

Öz sözlarida Tatyana Akbarovna yoşlarga ilğor çet el öquv maskanlaridagi öqişlarida omad, egallagan bilimlarini Vatanimiz ravnaqi yölida qöllaşlarini tiladi.

Foto: Facebook/IslamKarimovFoundation

Sönggi bir yarim yil içida özbekistonlik 23 nafar yigit-qizlar Karimov Fondining tahsil grantlarini qölga kiritib, magistratura dasturi böyiça Yevropaning yetakçi oliy öquv yurtlarida ta'lim oliş imkoniyatiga ega böldilar, deyiladi xabarda.