Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vazirligining matbuot xizmati e'lon qilgan ma'lumotlarga köra, 2017 yilning yanvar–mart oylarida TIV konsullik boşqarmasi va mamlakatimizning xorijdagi konsullik idoralari tomonidan 52 ming 224 nafar çet el fuqarolariga, jumladan 19 ming 197 nafar sayyoh va 8 ming 613 nafar işbilarmonga Özbekistonga kiriş huquqini beruvçi vizalar taqdim etilgan, deb yozadi Özbekturizm matbuot xizmati.
2016 yilning şu davriga nisbatan soliştirilsa, joriy yilda berilgan vizalarning umumiy sonidagi ösiş 6 foizni taşkil etgan, sayyohlik vizalari soni esa 13 foizga ortgan.
Joriy yilning I çoragida mamlakatimizdagi kompaniyalar 40 dan ziyod xalqaro körgazmalarda iştirok etişdi va tadbir qatnaşçilariga Özbekistonning turistik salohiyati haqidagi axborotlar yetkazildi.
Madaniy aloqalarni mustahkamlaş maqsadida 2017 yilning 18–25 martida Qozoğiston Milliy muzeyi (Ostona şahri) da «Özbekiston zamonaviy san'ati» körgazmasi taşkillaştirilgan, 2017 yilning 5 aprelidan 10 mayiga qadar A.S,Puşkin nomidagi tasviriy san'at Davlat muzeyi (Moskva şahri) da I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoğiston Respublikasi Davlat san'at muzeyi eksponatlaridan iborat «Nukus xazinasi» körgazmasi ötkazilgan.

















