11 may kuni kuni Radisson Blu Hotel mexmonxonasida Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi Delegatsiyasi va Britaniya Kengaşi hamkorligida "Yevropada Ta'lim" körgazmasi taşkil etildi. Uşbu tadbir bir neça yillar davomida may oyida ötkazib kelinayotgan Özbekistonda "Yevropa kunlari" tadbirlari doirasida ötkazildi.
Tadbirda Yevropadagi 14 mamlakatning 20dan ziyod universitetlari va ta'lim sohasidagi taşkilotlar iştirok etdi.
Kun.uz muxbiri körgazmaning oçiliş marosimiga taşrif buyurgan Yevropa mamlakatlari elçilaridan intervyu oldi. Elçilar va xorijlik mehmonlar Özbekiston hamda Yevropaning ta'lim sohasidagi munosabatlari va bugungi tadbir haqidagi fikrlari bilan örtoqlaşişdi.
Kristofer Olan, Buyuk Britaniyaning Özbekistondagi elçisi:

"Bugun Toşkentda Yevropadagi ta'lim böyiça körgazma taşkil etilganidan mamnunman. Bu yerda Buyuk Britaniya ham Britaniya Kengaşi va Soventry universiteti orqali faol iştirok etmoqda. Biz Britaniyaning oliy ta'limi dunyodagi eng yaxşi bilimni taqdim etişiga işonamiz. Mazkur tadbir özbek talabalari uçun Buyuk Britaniyada tahsil olişda yaxşi imkoniyatlar topişlariga rağbat bağişlaydi”.
Eduards Striprays, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari:

"YeI hamda Özbekistonning ta'lim sohasidagi hamkorligi eng yaxşi hamkorlik dasturlardan biridir. Masalan, YeIning "Tempus. Erasmus Mundus" hamda "Erasmus+" loyihalari magistrlik yönalişida bir qator mutaxassislarni tayyorlaşga yordam bermoqda. Yevropa Ittifoqi ta'lim dasturlari OTMlar uçun yangi öquv uskunalari va zamonaviy adabiyotlarga ega böliş, hamda axborot resurslarini yangilaş orqali, öquv-uslubiy va laboratoriya bazasini modernizatsiya qilişga sezilarli darajada hissa qöşmokda. Hozirgi kunda Yevropa Ittifoqi universitetlari bilan Özbekistonning 44 OTM iştirokida jami 80ta almaşinuv bölib ötdi. 2017 yil natijasiga köra, 600 öqituvçilar almaşinuvi (ulardan 440 nafari Özbekistondan Yevropaga va 170 nafari Yevropadan Özbekistonga) taşrif buyurgan".
Mark Krossi, Britaniya Kengaşining Özbekistondagi vakolatxonasi direktori:






















