Filmga "Need for Speed: Tezlik chanqog‘i" filmini suratga olgan Skott Vo rejissyorlik qiladi. Ayni vaqtda u bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Film byudjyeti 80 mln dollarga baholanmoqda. Manbalarning ma'lum qilishicha, ushbu qiymat Xitoy kinosanoati uchun eng yiriklaridan biri hisoblanadi.
Filmning bosh qahramonlari sobiq maxsus jangchilar bo‘lib, ular Bag‘dodda bir guruh fuqarolarni xavfli hududdan xavfsiz hududga kuzatib qo‘yishlari kerak bo‘ladi.
Loyiha xalqaro auditoriyaga mo‘ljallangan.











