"Bir makon, bir yöl" taşabbusi muloqot uçun yangi kanallarni oçadi. Şu nomli forumning oçiliş marosimida sözga çiqqan BMT boş kotibi Antoniu Gutteriş şunday fikr bildirdi. 

"Mazkur taşabbus nafaqat tovarlar (harakati), balki xalqaro muloqot uçun ham yangi kanallarni oçadi", - dedi u. 

BMT boş kotibi öz nutqida "jahonda bölayotgan jarayonlarda Xitoyning iştiroki muhimligi"ni ta'kidladi. "Bugungi kunda Xitoyning jalb qilinişi juda muhim. Bizning dunyomiz bipolyar böladi, biroq bu barqarorlik va tinçlikni kafolatlay olmaydi. Köp qutbli dunyo har tomonlama hamkorlikni, imkoniyatlarni taqsimlaş maqsadida köplab davlatlar boşqaruvini talab qiladi", - deb hisoblaydi Gutteriş.

Uning sözlariga köra, BMT "Bir makon, bir yöl" taşabbusini qöllab-quvvatlaşga va mazkur loyiha doirasida Xitoyga öz majburiyatlarini bajarişda yodam berişga tayyorlanmoqda.

14-15 may kunlari Pekinda "Bir makon, bir yöl" forumi bölib ötmoqda. Tadbirda iştirok etiş uçun 28 mamlakatning oliy rahbariyat vakillari, jumladan Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin, şuningdek BMT boş kotibi Antoniu Gutteriş, Xalqaro valyuta fondining boşqaruvçi direktori Kristin Lagard va Jahon banki prezidenti Jim Yon Kim taşrif buyurişgan. Iştirokçilarning umumiy soni - 1,2 ming kişidan ziyod.