Özbekistonda 900/1800 MGts radioçastota diapazonlarida mobil aloqa tarmoqlari xizmatlari « Unitel» MÇJ (Beeline), «COSCOM» MÇJ (Ucell), «Özbektelekom» AKning «Uzmobile» Milliy operatori (Uzmobile) hamda Universal Mobile Systems» MÇJ (UMS) mobil aloqa operatorlari tomonidan körsatilmoqda. 900/1800 MGts radioçastotalari yuqoridagi operatorlarga töliq bölib berilgan va ayni paytda böş polosa mavjud emas.

Şuningdek, operatorlar teng bölmagan miqdordagi radioçastota hajmiga ega bölgan edilar. Radioçastota polosalari mobil aloqa operatorlari örtasida uzuq-yuluq ölçamda, diapazonning turli qismlarida ajratilgan edi.

Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligining ma'lum qilişiça, radioçastota polosalarining bu holda taqsimlanişi LTE (Long-Term Evolution) texnologiyasining 4-avlod (4G) mobil aloqa standartini joriy qilişga tösqinlik qiladi. Mazkur standart mobil aloqa tarmoqlarida har qanday körinişdagi (ovozli, fayl va video) ma'lumotlarni yuqori tezlikda almaşiş uçun jahon miqyosida joriy qilinmoqda. LTE standarti esa yuqori tezlikda ma'lumot almaşişda kengligi 10 dan 20 MGts gaça bölgan yaxlit çastota polosalarini talab etadi.

Ayrim mobil aloqa operatorlarida çastota hajmining kam miqdorda bölişi mobil aloqa xizmatlarining talab darajasida sifatli körsatilmasligiga olib keladi.

Şu munosabat bilan, Radioçastotalar böyiça Respublika kengaşi tomonidan mobil aloqa operatorlari tomonidan radioçastota resurslaridan unumli foydalanilişini ta'minlaş maqsadida, "900 / 1800 MGts diapazonlarida radioçastota polosalarini qayta taqsimlaş töğrisida"gi qarori qabul qilingan edi.

Mazkur qaror operatorlarga radioçastota spektrlaridan foydalaniş böyiça teng raqobat şaroitini yaratib beriş, LTE texnologiyasini tezkor rivojlantiriş uçun ularning radioçastotalardan qulay va samarali foydalanişlarini ta'minlaş, mamlakatda mobil aloqa xizmati sifatini oşirişga zamin yaratadi.

Kengaşning mazkur qaroridagi vazifalarni ta'minlaşda mobil aloqa abonentlarida yuzaga kelişi mumkin bölgan texnik nosozliklarning oldini oliş maqsadida, mobil operatorlarga aloqa tarmoqlarini qayta muvofiqlaştiriş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşirişlari uçun 6 oy vaqt beriladi.