Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Enrike: «Barselona» sovrinni yutib olish uchun ideal darajada tayyor
«Barselona» futbol klubi bosh murabbiyi Luis Enrike Ispaniya chempionatining 37-turi doirasida «Las-Palmas»ga qarshi kechgan o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Las-Palmas-de-Gran-Kanariyadagi «Gran Kanariya» stadionida bo‘lib o‘tgan bahs mehmonlar foydasiga 4:1 hisobida yakunlandi.
«Xuddi shunday o‘yinni kutgandim. „Las-Palmas“ga bosim o‘tkazmasa, ularda muvaffaqiyat uchun imkoniyat paydo bo‘ladi, sababi jamoa to‘p bilan yaxshi o‘ynaydi. Biroq biz aqlli harakat qildik va yaxshi bosim o‘tkazdik. Men jamoa o‘yinidan mamnunman.
Bizda yana bir o‘yin qoldi, maqsadimiz – g‘alaba qozonish. Aminmanki, «Barsa» «Eybar»ni mag‘lub etadi, bu biz sovrinni yutib olishimizga kalitdir. Charchoq? Bizda bunday holat yo‘q. Menimcha, jamoa ideal darajada tayyor. Ayni damda juda yaxshi jismoniy holatdamiz», - deya Enrikening so‘zlarini keltiradi Football Espana.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026