«Real» himoyaçisi Naço Ispaniya çempionatining 37-turidan örin olgan «Sevilya»ga qarşi uçraşuvda hisobni oçdi. 

Aynan uşbu gol bilan madridliklar barça musobaqalarning ketma-ket 62-uçraşuvida gol kiritişga muvaffaq böldi. Sönggi marta «qaymoqranglilar» «Mançester Siti»ga qarşi ötgan mavsumdagi YeÇL yarim final uçraşuvida (0:0) raqib darvozasiga yöl topa olmagandi.

Uşbu natija orqali «Real» kuçli beşlik çempionatlari jamoalari içida «Bavariya» örnatgan rekordni yangiladi. Myunxen klubi 2013 yilning martidan 2014 yil apreliga qadar ketma-ket 61 uçraşuvda gol kiritişning uddasidan çiqqandi.